Kontent qismiga oʻtish

Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Fuqaroligi bo'lmagan shaxslardan yoʻnaltirildi)

Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, apatridlar — muayyan mamlakatning fuqarosi hisoblanmaydigan va biron chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan dalillari boʻlmagan shaxslar. Shaxs oʻz fuqaroligini yoʻqotgan va yangidan fuqarolik huquqini olmagan vaqtda fuqarosizlik kelib chiqadi. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar soni koʻpayganligi tufayli fuqarosizlikni kamaytirish va Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar shahrini himoya qilishga qaratilgan bir qancha xalqaro konvensiyalar qabul qilingan (mas, Fuqarosizlikni kamaytirish toʻgʻrisidagi 1961-yilgi konvensiya, Erga tekkan ayolning fuqaroligi toʻgʻrisidagi 1957-yilgi konvensiya).

Oʻzbekistonda Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar shahrining huquqiy holati "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida"gi qonun (1992-yil 2-iyul)da oʻz ifodasini topgan. Oʻzbekiston Respublikasida yashab turgan, lekin Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻxtatilgan, boshqa davlat fuqarosi boʻlmagan shaxslarga ichki ishlar idorasi tomonidan Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarshahriga moʻljallangan istiqomat guvohnomasi beriladi. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarsh. fuqarolar kabi shaxsiy, ijtimoiy iqtisodiy huquqlardan teng foydalanadilar, biroq siyosiy huquqlardan foydalana olmaydilar: oliy va mahalliy vakillik organlariga saylana olmaydilar; davlat hokimiyatining boshqaruv organlarida ishlashlari, shuningdek, harbiy xizmatni oʻtashlari mumkin emas.