Gayleen Aiken
Gayleen Aiken | |
Tavalludi | 25-mart 1934-yil Barre, Vermont |
Vafoti | 29-mart 2005-yil (71 yoshda) Barre, Vermont |
Millati | Amerikalik |
Oqim | Ar-bryut, Visionary art |
Gayleen Aiken (1934-yil 25-mart – 2005-yil) – Vermont shtatining Barre shahrida yashagan amerikalik rassom. U hayoti davomida oʻzining sodda rasmlari uchun tanqidchilarning eʼtirofiga sazovor boʻldi va uning ishlari 1980-yillardan boshlab koʻrgazmali va xalq amaliy sanʼati koʻrgazmalariga kiritilgan. U ar-bryut rassom hisoblanadi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aiken 1934-yil 25-martda Vermont shtatining Barre shahrida tugʻilgan[1]. U yoshlikdan rassom boʻlishga harakat qilgan[2]. 1980-yillarning boshlarida u Vermontdagi Grass Roots Art and Community Effort (GRACE) tomonidan tashkil etilgan koʻrgazmada oʻz asarlari bilan qatnashgan[3]. GRACE koʻrgazma dasturi birinchi marta uning ishini namoyish etgan[4].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gayleen Aiken koʻpincha hikoya matni va tasvirini, kartondan kesilgan va kitob asarlarini birlashtirgan rasm hamda chizmalar yaratdi[5]. U rangli qalam va yogʻli boʻyoqlardan foydalangan[6]. Uning mavzulari musiqa va cholgʻu asboblari, u oʻsgan katta eski ferma uyi, Vermont fasllari lirikasi, granit sanoati va qishloq hayotini oʻz ichiga olgan. Bu mavzular takrorlanuvchi personajlar, u Raimbilli amakivachchalari deb ataydigan xayoliy katta oila aʼzolari orqali bogʻlangan.
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1987-yilda Aiken Vermont Kengashining sanʼat yoʻnalishi boʻyicha stipendiant boʻldi. 1997-yilda Harry B.Abrams ilan birgalikda Rachel Kleinning romani asosida „Moonlight and Music: The Enchanted World of Gayleen Aiken“ filmini chiqardi. Uning asarlari The New York Times, Raw Vision, The Boston Globe, Smithsonian va Folk Art Magazine jurnallarida namoyish etilgan.
Toʻplamlar va koʻrgazmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aikenning asarlari Smitson Amerika sanʼat muzeyining doimiy toʻplamlariga kiritilgan[7]. Shuningdek, Abby Aldrich Rokfeller xalq sanʼati muzeyi, Amerika xalq sanʼati muzeyi, Nyu-York va Pensilvaniya tasviriy sanʼat muzeyi akademiyasida asarlari mavjud[8] [9].
Aikenning sanʼati koʻplab koʻrgazmalarda, shu jumladan Linkoln Center Galereyasida, Amerika Vizyoner sanʼat muzeyida va Vermont Granit muzeyida namoyish etilgan[10].
Uning oʻlimidan keyingi shaxsiy koʻrgazmalari orasida „Kelajakdagi hovlimiz: Gayleen Aiken sanʼati“ koʻrgazmasi tashkil etilgan[11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Gayleen Aiken Biography“. askArt. Qaraldi: 2016-yil 13-mart.
- ↑ „Our Visionaries: Gayleen Aiken“. American Visionary Art Museum. 2019-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-mart.
- ↑ „Gayleen Aiken“. Life in Legacy. Qaraldi: 2016-yil 14-mart.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Lovinsky, Kathryn „Gayleen Aiken“. graceart.org. 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-noyabr.
- ↑ „Horton Gallery: Exhibitions: Our Yard in the Future“. Horton Gallery, LLC. 2016-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-mart.
- ↑ Kogan, Lee. "Aiken, Gayleen Beverly (1934 )." The Encyclopedia of American Folk Art, edited by Gerard C. Wertkin, and Lee Kogan, Routledge, 1st edition, 2003.
- ↑ „Smithsonian American Art Museum: Search Collections: Gayleen Aiken“. Smithsonian Institution. Qaraldi: 2016-yil 12-mart.
- ↑ „Abby Aldrich Rockefeller Folk Art Museum: Some Cousins Dancing by Green Light Clock and Player-Piano“. The Colonial Williamsburg Foundation. Qaraldi: 2016-yil 12-mart.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „PAFA Collections: GAYLEEN AIKEN“. Pennsylvania Academy of the Fine Arts. 2016-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-mart.
- ↑ „Recent and Upcoming GRACE Exhibitions: Vermont Granite Museum, Barre, VT ~~ Works by Gayleen Aiken“. GRACE. 2005-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-mart.
- ↑ Sherman, Joe; Mooney, Gail. An arts program in Vermont that draws people out.. Smithsonian (1992), s. 76.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- GRACE Gallery of art works by Gayleen Aiken
- Review: Gayleen Aiken @ SUNDAY in the Brooklyn Rail
- http://www.nytimes.com/2013/02/01/arts/design/outsider-art-fair-opens-at-548-west-22nd-street.html?ref=todayspaper&_r=1&
- Gayleen Aiken at Luise Ross Gallery (Wayback Machine saytida 2020-02-21 sanasida arxivlangan)
- Article: Raw Vision Magazine (Wayback Machine saytida 2021-05-13 sanasida arxivlangan)