George J. Adler
George J. Adler | |
---|---|
Tavalludi |
George J. Adler 1821-yil |
Vafoti |
24-avgust 1868-yil (47 yoshda) New York, AQSH „Trinity“ qabristoni |
Fuqaroligi | amerikalik (1833) |
Kasbi | Muallif, filolog |
Mukofotlari | Valedictorian (1844) |
George J. Adler (1821, Leypzig, Germaniya — 1868-yil 24-avgust, New York) — taniqli filolog va tilshunos[1].
Dastlabki yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adler 1821-yilda Germaniyaning Leypzig shahrida tug‘ilgan[2]. George Adler 1833-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi New York shahriga ota-onasi bilan birga koʻchib oʻtdi. Shundan soʻng George Adler New Yorkdagi davlat maktablarida tahsil oldi va New York universitetiga oʻqishga kirdi. George Adler New York universitetini 1844-yilda tamomladi[3][2]. Universitetni tamomlaganidan ikki yil oʻtgach George Adler New York universitetida nemis tili professori boʻldi. George Adler bu lavozimda sakkiz yil davomida faoliyat olib bordi[2].
George Adler 1848-yilda nashr etilgan „Dictionary of German and English Languages“ ("Nemis va ingliz tillari lugʻati")ni, shuningdek, nemis tili grammatikasini va boshqa nemis tili darsliklarini tayyorladi. George Adlerning nashr etilgan kitoblari Amerikada eng yaxshi kitoblar deb tan olingan[2]. 1858-yilda George Adler oʻzining oxirgi asari A „Practical Grammar of the Latin Language“(„Lotin tilining amaliy grammatikasi“ )kitobini yozib tugatdi. George Adlerning „A Practical Grammar of the Latin Language“ „Dictionary of German and English Languages“ kitoblari Heinrich Gottfried Ollendorff universitetida til darsliklari sifatida foydalaniladi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]George Adler oʻzining Lotin tili boʻyicha nashr ettirgan muhim asarining soʻzboshida quyidagicha yozadi: „George Adler Lotin tilini oʻrganishni va nemis tili boʻyicha tahrir qilingan darslik tayyorlashni oʻn ikki yil oldin boshlagandim. Men bunday vazifani bajarish haqida oʻylagunimga qadar yillar oʻtgan boʻlsa ham, … qisman men oʻlik deb ataladigan odamni davolashning juda nozik qismini oʻz zimmasiga olishda koʻpchilikka oʻxshab menda ham ikkilanish holatlari boʻlgandi. Til tirik organizmga oʻxshaydi … New York shahridagi zamonaviy til professori sifatida men oʻzimni aytishim kerak deb hisoblagan narsamni tugatganimdan keyingina bu savolga jiddiy eʼtibor bera oldim.“
Xabarlarga koʻra, George Adlerga lugʻatni nashr etishdagi aqliy zoʻriqish tufayli aqldan ozgan deb tashxis qoʻyilgan. George Adler 1853-yilda Manhattanning yuqori qismida joylashgan Bloomingdale nomi boshpananing rezidenti(istiqomat qiluvchi shaxs) boʻldi va 1868-yilda vafot etguniga qadar ushbu boshpanada yashadi. George Adler vafotidan soʻng „Trinity“ qabristoniga dafn etilgan. George Adler oʻzining aqldan ozganligi haqida qisqa trakt yozdi. Uning nomi „Letters of a Lunatic“ („Jinning maktublari“) deb nomlangan[4].
George Adlerning aqliy faoliyati buzilganligi haqida 1849-yilda uning Yevropaga dengiz safarida birga boʻlgan Herman Melvillening xabari bor edi. Herman Melville „Moby Dick“ asarini yozishdan biroz oldin yuqoridagi uchrashuv haqida shunday deb yozgan edi: „George Adler dahshatli leksikaning muallifi (nemis va ingliz). Lugʻatni tuzishda George Adler deyarli sogʻligʻini yoʻqotdi. Lugʻat nemis metafizikasi va Kant, Swedenborg va boshqalarning nutqlari bilan toʻla edi.“
Oʻtgan yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Umrining soʻnggi yillarida George Adlerning aqli anchagina zaiflashib qolgandi. George Adler 1868-yil 24-avgustda New York shahridagi oʻzining Bloomingdale uyida vafot etdi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Who Was Who in America: Historical Volume, 1607-1896. Chicago: Marquis Whoʻs Who, 1963.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Johnson 1906, s. 59
- ↑ Dictionary of American Biography, p. 107.
- ↑ Letters of a Lunatic, a brief exposition of my University Life during the years 1853-54. (1854)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- George J. Adlerning asari „Project Gutenberg“
- George J. Adler haqida internet maʼlumotlari
- LibriVoxdagi George J. Adler asarlari
- ''A Practical Grammar of the Latin Language'' George J. Adler
- ''A Key to the Exercises Contained In Adler's Practical Grammar of the Latin Language'' George J. Adler