Gulixon Nasriddinova
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Gulixon Nasriddinova (1949.10.7, Tojikiston Respublikasining Koʻlob shahri) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1997). Termiz pedagogika institutining chettillar fakultetini tugatgan (1971). 1971-yildan Uzun tumanidagi 4-maktabda, 1997-yildan 4-ixtisoslashtirilgan internat maktabida ingliz tili oʻqituvchisi. Gulixon Nasriddinova har bir darsni puxta, jonli, texnik vositalar va test sinovlari asosida tashkil etadi. U ish faoliyati davomida davlat taʼlim standartlarini joriy etish maqsadida no-anʼanaviy dars usullari (seminar, konferensiya, savol-javob, ekskursiya darslaridan)dan foydalanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |