Hududgaztaʼminot
Turi | Aksiyadorlik jamiyati |
---|---|
Maqomi | Amalda |
Ishga tushgan sanasi | 9-iyul, 2019-yil |
Joylashuvi | Toshkent shahri, Muqimiy koʻchasi, 98-uy |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Direktori | Maʼrufxon Xoʻjayev |
Vebsayti | hududgaz.uz |
Til(lar)i | oʻzbek, rus |
„Hududgaztaʼminot“ AJ (ruscha: AO „Xududgaztaʼminot“, inglizcha: JSC „Hududgaztaʼminot“) – isteʼmolchilarga tabiiy va suyultirilgan gazni respublika boʻylab uzluksiz ravishda yetkazib beruvchi korxona.
2021-yil 13-yanvar holatiga koʻra, „Hududgaztaʼminot“ aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi 2,646 trillion soʻmni tashkil etadi.
2019-yil 22-oktyabr holatiga koʻra, „Hududgaztaʼminot“ AJda 835 ta transport vositasi mavjud. Bu transportlar eng chekka hududlarni ham suyultirilgan tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash imkonini beradi.
AJning boshqaruv raisi – Ma’rufxon Xo‘jayev[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil 9-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4388-sonli „Iqtisodiyot va aholini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashni taʼminlash, neft-gaz sohasini moliyaviy sogʻlomlashtirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ gi qarori bilan „Hududgaztaʼminot“ aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan[2]. 2019-yil 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining buyrugʻiga binoan Bahodir Eshmuratov „Hududgaztaʼminot“ AJning boshqaruvi raisi etib tayinlangan[3]. 2020-yil 9-iyuldan AJ tomonidan „Tabiiy gaz nazorati va hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi“ loyihasi doirasida „aqlli“ hisoblagichlarni oʻrnatish ishlari boshlanadi. 2020-yil 23-sentyabrga kelib korxona tomonidan respublikada 400 minginchi smart-gaz hisoblagich oʻrnatildi. 2020-yil 9-iyuldan tabiiy gaz uchun toʻlovlarni „Click“ toʻlov tizimi orqali qabul qilish yoʻlga qoʻyilgan.
2021-yil 15-dekabr kuni „Hududgaztaʼminot“ AJ va „Bank Apelsin“ AJ oʻrtasida isteʼmolchilar tomonidan tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanganlik uchun toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilishini yanada yaxshilash sohasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan[4].
2023-yil 26-aprel kuni esa „Hududgaztaʼminot“ AJ va „UzPaynet“ MCHJ oʻrtasida isteʼmolchilar tomonidan tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanganlik uchun toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilishini yanada yaxshilash sohasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan.
Vazifalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Respublika iqtisodiyoti va aholisini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror taʼminlash;
- Gaz tarmoqlarini rivojlantirishning qisqa muddatli va uzoq muddatli istiqbollarini hamda maqsadli dasturlarini ishlab chiqish;
- Tabiiy va suyultirilgan gazni ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balanslarini shakllantirishda qatnashish;
- Gaz taqsimlash tarmoqlarini zamonaviy asbob-uskunalar va ilgʻor texnologiyalar asosida, shu jumladan xorijiy investitsiyalar hisobiga, rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish, texnika bilan qayta jihozlash va yanada rivojlantirish;
- Tabiiy va suyultirilgan gazni uzatishda texnologik yoʻqotishlarni (isroflarini) kamaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini tashkil etish;
- Gaz taqsimlash tarmoqlari obyektlarida ishlash va xizmat koʻrsatish uchun kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish marketingtadqiqotlarini tashkil etish;
- Xorijiy korxona va jamiyatlar bilan iqtisodiy, texnikaviy, texnologik va investitsion hamkorlikni har tomonlama kengaytirish;
- Respublika va dunyo bozori konʼyukturasini oʻrganish negizida gaz taqsimlash tarmoqlari ob’ektlarini modernizatsiyasiga va kengaytirilishiga investitsiyalarni jalb etish;
- Jamiyat faoliyatida va tizimdagi korxonalarda yangi texnologiyalarni va menejmentning ilgʻor usullarini joriy etish;
- Boshqaruv tizimiga va gaz taʼminoti boʻyicha xoʻjalik aloqalariga bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish;
- Gaz taqsimlash tarmoqlari quvvatlarning oʻzaro bogʻlangan va muvozanatlashtirilgan tarzda jamiyatning rivojlanishi dasturlarini ishlab chiqish.
Filiallari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Hududgaz Qoraqalpogʻiston“,
- „Hududgaz Andijon“,
- „Hududgaz Buxoro“,
- „Hududgaz Jizzax“,
- „Hududgaz Qashqadaryo“,
- „Hududgaz Navoiy“,
- „Hududgaz Namangan“,
- „Hududgaz Samarqand“,
- „Hududgaz Surxondaryo“,
- „Hududgaz Sirdaryo“,
- „Hududgaz Toshkent“,
- „Hududgaz Fargʻona“,
- „Hududgaz Xorazm“,
- „Hududgaz Poytaxt“.
Rahbariyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xodjayev Marufxon Maqsudovich – AJ boshqaruv raisi;
- Saidvaliyev Abdusamat Nabiyevich – AJ boshqaruv raisining gaz sotish va innovatsiyalarni joriy etish boʻyicha (Chief Innovation Officer) birinchi oʻrinbosari;
- Turdiyev Toxir Jakparaliyevich – AJ boshqaruv raisining oʻrinbosari, bosh muhandis;
- Turdibayev Alisher Abduvasikovich – AJ boshqaruv raisining moliya va iqtisodiyot boʻyicha oʻrinbosari.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „“Hududgazta’minot”ga yangi boshqaruv raisi tayinlandi“. Daryo.uz. Daryouz. Qaraldi: 6-iyul 2024-yil.
- ↑ „AHOLI VA IQTISODIYOTNI ENERGIYA RESURSLARI BILAN BARQAROR TA’MINLASH, NEFT-GAZ TARMOG‘INI MOLIYAVIY SOG‘LOMLASHTIRISH VA UNING BOSHQARUV TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 6-iyul 2024-yil.
- ↑ „Ulug‘bek Sayidov “O‘ztransgaz” rahbari etib tayinlandi. U so‘nggi 2,5 yil ichida beshinchisi“. Daryo.uz. Daryouz. Qaraldi: 6-iyul 2024-yil.
- ↑ „Bank Apelsin va “Hududgazta'minot” o‘rtasida memorandum imzolandi“. Gazeta.uz. «Gazeta News» MChJ. Qaraldi: 6-iyul 2024-yil.