Kontent qismiga oʻtish

Hududgaztaʼminot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Hududgaztaʼminot“ AJ
Turi Aksiyadorlik jamiyati
Maqomi Amalda
Ishga tushgan sanasi 9-iyul, 2019-yil (5 yil avval) (2019-07-09)
Joylashuvi Toshkent shahri, Muqimiy koʻchasi, 98-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Direktori Maʼrufxon Xoʻjayev
Vebsayti hududgaz.uz
Til(lar)i oʻzbek, rus

„Hududgaztaʼminot“ AJ (ruscha: AO „Xududgaztaʼminot“, inglizcha: JSC „Hududgaztaʼminot“) – isteʼmolchilarga tabiiy va suyultirilgan gazni respublika boʻylab uzluksiz ravishda yetkazib beruvchi korxona.

2021-yil 13-yanvar holatiga koʻra, „Hududgaztaʼminot“ aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi 2,646 trillion soʻmni tashkil etadi.

2019-yil 22-oktyabr holatiga koʻra, „Hududgaztaʼminot“ AJda 835 ta transport vositasi mavjud. Bu transportlar eng chekka hududlarni ham suyultirilgan tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash imkonini beradi.

AJning boshqaruv raisi – Ma’rufxon Xo‘jayev[1].

2019-yil 9-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4388-sonli „Iqtisodiyot va aholini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashni taʼminlash, neft-gaz sohasini moliyaviy sogʻlomlashtirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ gi qarori bilan „Hududgaztaʼminot“ aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan[2]. 2019-yil 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining buyrugʻiga binoan Bahodir Eshmuratov „Hududgaztaʼminot“ AJning boshqaruvi raisi etib tayinlangan[3]. 2020-yil 9-iyuldan AJ tomonidan „Tabiiy gaz nazorati va hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi“ loyihasi doirasida „aqlli“ hisoblagichlarni oʻrnatish ishlari boshlanadi. 2020-yil 23-sentyabrga kelib korxona tomonidan respublikada 400 minginchi smart-gaz hisoblagich oʻrnatildi. 2020-yil 9-iyuldan tabiiy gaz uchun toʻlovlarni „Click“ toʻlov tizimi orqali qabul qilish yoʻlga qoʻyilgan.

2021-yil 15-dekabr kuni „Hududgaztaʼminot“ AJ va „Bank Apelsin“ AJ oʻrtasida isteʼmolchilar tomonidan tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanganlik uchun toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilishini yanada yaxshilash sohasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan[4].

2023-yil 26-aprel kuni esa „Hududgaztaʼminot“ AJ va „UzPaynet“ MCHJ oʻrtasida isteʼmolchilar tomonidan tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanganlik uchun toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilishini yanada yaxshilash sohasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan.

  • Respublika iqtisodiyoti va aholisini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror taʼminlash;
  • Gaz tarmoqlarini rivojlantirishning qisqa muddatli va uzoq muddatli istiqbollarini hamda maqsadli dasturlarini ishlab chiqish;
  • Tabiiy va suyultirilgan gazni ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balanslarini shakllantirishda qatnashish;
  • Gaz taqsimlash tarmoqlarini zamonaviy asbob-uskunalar va ilgʻor texnologiyalar asosida, shu jumladan xorijiy investitsiyalar hisobiga, rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish, texnika bilan qayta jihozlash va yanada rivojlantirish;
  • Tabiiy va suyultirilgan gazni uzatishda texnologik yoʻqotishlarni (isroflarini) kamaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini tashkil etish;
  • Gaz taqsimlash tarmoqlari obyektlarida ishlash va xizmat koʻrsatish uchun kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish marketingtadqiqotlarini tashkil etish;
  • Xorijiy korxona va jamiyatlar bilan iqtisodiy, texnikaviy, texnologik va investitsion hamkorlikni har tomonlama kengaytirish;
  • Respublika va dunyo bozori konʼyukturasini oʻrganish negizida gaz taqsimlash tarmoqlari ob’ektlarini modernizatsiyasiga va kengaytirilishiga investitsiyalarni jalb etish;
  • Jamiyat faoliyatida va tizimdagi korxonalarda yangi texnologiyalarni va menejmentning ilgʻor usullarini joriy etish;
  • Boshqaruv tizimiga va gaz taʼminoti boʻyicha xoʻjalik aloqalariga bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish;
  • Gaz taqsimlash tarmoqlari quvvatlarning oʻzaro bogʻlangan va muvozanatlashtirilgan tarzda jamiyatning rivojlanishi dasturlarini ishlab chiqish.
  • „Hududgaz Qoraqalpogʻiston“,
  • „Hududgaz Andijon“,
  • „Hududgaz Buxoro“,
  • „Hududgaz Jizzax“,
  • „Hududgaz Qashqadaryo“,
  • „Hududgaz Navoiy“,
  • „Hududgaz Namangan“,
  • „Hududgaz Samarqand“,
  • „Hududgaz Surxondaryo“,
  • „Hududgaz Sirdaryo“,
  • „Hududgaz Toshkent“,
  • „Hududgaz Fargʻona“,
  • „Hududgaz Xorazm“,
  • „Hududgaz Poytaxt“.
  • Xodjayev Marufxon Maqsudovich – AJ boshqaruv raisi;
  • Saidvaliyev Abdusamat Nabiyevich – AJ boshqaruv raisining gaz sotish va innovatsiyalarni joriy etish boʻyicha (Chief Innovation Officer) birinchi oʻrinbosari;
  • Turdiyev Toxir Jakparaliyevich – AJ boshqaruv raisining oʻrinbosari, bosh muhandis;
  • Turdibayev Alisher Abduvasikovich – AJ boshqaruv raisining moliya va iqtisodiyot boʻyicha oʻrinbosari.