Ibrohim ibn Hakim Keshiy
Qiyofa
Ibrohim ibn Hakim Keshiy usul va fiqhiy masalalar allomasi, faqih va usulchi keshiy nisbasi bilan mashhur boʻlgan olimlardan. Allomaning „Vasoilu-l-vusul fi masoili-l-fusul“ nomli asari boʻlib, asarda fiqhiy masalar va usulga oid qoidalar berilgan. Asarning 745/1345-yilda koʻchirilgan qoʻlyozma nusxasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida № 2213 raqam bilan saqlanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ўз.Р.ФА ШИ қўлёзмалар фондида 2213 рақам остида сақланади.