Infeksion kasalliklar (oʻsimliklar)
Infeksion kasalliklar (oʻsimliklarda) — oʻsimliklarning tirik tabiat omillari taʼsirida vujudga keluvchi yuqumli kasalliklari. Bularga oʻsimliklardagi virusli kasalliklar — mozaika kasalliklarining turli xillari, sariq kasal, pa-kanalik, gʻumbaklanish va b.; bakterial kasalliklar — gommoz, yopishqoq bakterioz, bakterial chirishlar va b.; zam-buru gʻli kasalliklar — unshudring, vilt va aspergillyoz, shuningdek, aktinomikozlar, algoofitozlar, antofitozlar, gelmintofitozlar va b. kiradi. I. k.ga parazit hasharotlar va kanalar (ayniqsa, oʻrgimchakkana) sababchi boʻlishi mumkin. I. k. patogenezining oʻziga xosligi kasallik qoʻzgʻatuvchining xususiyatlari, oʻsimlikning kasallik-ka moyillik darajasi, muhit sharoiti bilan belgilanadi.
Kasallikning bir necha asosiy bosqichlari farqlanadi: kasallik yuqishidan oldingi, yuqqan paytdagi, yashi-rin davri, yashirin davrdan keyingi bosqichlar. Koʻpincha oʻsimlik kasalliklari bir necha sabablari tufayli paydo boʻladi. Masalan, gʻoʻza koʻsaklarini beda qandalasi shikastlaganda yopishqoq bakterioz rivojlanib, tola va chigit sifati buziladi. Bu yoʻldosh kasalliklar deb ataladi. Oʻsimliklarni kasalliklardan muvaffaqiyatli himoya qilish uchun kasallikni hamda birlamchi infeksiya sababini toʻgʻri aniqlash ke-rak. Qoʻzgʻatuvchi organizmga kirishi bilan oʻsimlikda himoya reaksiyasi paydo boʻladi. Agar qoʻzgʻatuvchi toʻqimalar qarshiligiga bardosh bera olmasa, unda kasallik nekroz bilan cheklanadi. Oʻsimliklarni I. k.dan himoya qilishda pro-filaktik chora-tadbirlar: qishloq xoʻjaligi ekinlarini oʻsishi va rivojlanishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish, kasalliklarga chidamli navlarni ekish, urugʻchilikni toʻgʻri tashkil qilish, urugʻlarni dorilash, hasharotlarni yoʻq qilish katta ahamiyatga ega. I. k.ni davolash uchun biopreparatlar va antibiotiklardan foydalaniladi. I. k.ning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik uchun karantin chora-tadbirlari qoʻllanadi (yana q. Karantin, Oʻsimlik kasalliklari di-agnostikasi, Oʻsimliklarni himoya qilish).
Abdukarim Zikiryoyev.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |