Isroil Ismoilov
Isroil Ismoilov | |
---|---|
Tavalludi |
27-oktyabr, 1939-yil |
Vafoti |
28-mart, 2016-yil Dushanbe, Tojikiston |
Fuqaroligi | SSSR→ Tojikiston |
Isroil Ismoilov (1939-yil 27-oktyabr, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2016-yil 28-mart, Dushanbe, Tojikiston) – fizik, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi, Tojikistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Isroil Ismoilov 1939-yil 27-oktyabr kuni Oʻzbekiston SSRga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. U 1962-yil Samarqand davlat universitetining fizika-matematika fakultetini tamomlagan. Shundan soʻng, Novosibirsk shahridagi zavodlardan biriga muhandis sifatida ishga yuborilgan. U yerda 1963-yilgacha ishlagan. 1964-yilda Umarov nomidagi Tojikiston fanlar akademiyasida kichik ilmiy xodim lavozimida faoliyatini boshlagan. Shu yilning oxirida, akademiyaning laboratoriya boʻlimiga rahbarlik qilgan. Isroil Ismoilov 1965-yil SSSR Fanlar akademiyasi qoshidagi Fizika institutining aspirantura taʼlim bosqichiga oʻqishga qabul qilingan. 1968-yilda aspiranturani muvaffaqiyatli tamomlagan. Isroil Ismoilov 2016-yil 28-mart kuni Tojikiston Respublikasiga qarashli boʻlgan Dushanbe shahrida vafot etgan[2].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Isroil Ismoilov 1968-yilda „Qattiq eritmalar hisobiga ishlaydigan elektr generatorlari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U 1969-yilda SSSR Fanlar akademiyasining Fizika instituti qoshida „Kvant elektronikasi“ laboratoriyasini tashkil qilgan. Isroil Ismoilov 170 dan ortiq ilmiy ishlar va maqolalar muallifi hisoblanadi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Isroil Ismoilov „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan. U 1996-yilda „Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi“ unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, SSSR Fanlar akademiyasining va Tojikiston hukumatining faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ИСМОИЛОВ ИСРОИЛ“. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Darguzashti Isroil Ismoilov“. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.[sayt ishlamaydi]