Jaʼfar ibn Abdulloh al-Mansur
Jaʼfar ibn Abdulloh al-Mansur | |||||
---|---|---|---|---|---|
Mosul hukmdori | |||||
Hukmdorlik | 762–764 | ||||
Turmush oʻrtogʻi | Salsal binti Atta | ||||
Bolalari |
Zubayda[1] Luboba | ||||
| |||||
Sulola | Abbosiylar | ||||
Otasi | al-Mansur | ||||
Onasi | Arva binti Mansur al-Himyariy | ||||
Dini | Islom |
Jaʼfar ibn Abdulloh al-Mansur (arabcha: جعفر بن عبد الله المنصور) – ikkinchi Abbosiy xalifasi Abu Jafar al-Mansurning toʻngʻich oʻgʻli va uchinchi abbosiy xalifasi al-Mahdiyning akasi. Al-Mansurning toʻngʻich oʻgʻli sifatida vafotiga qadar xalifalik taxtiga nomzod boʻlgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jaʼfar Abdulloh ibn Muhammad al-Abbosiy al-Hoshimiyning (boʻlajak xalifa al-Mansur) oʻgʻli boʻlgan. 11–12 yoshga toʻlganda otasi xalifalikka tayinlangan.
Onasi Arva binti Mansur al-Himyariy al-Mansurning birinchi xotini edi. U Ummu Muso nomi bilan ham mashhur boʻlib, nasli Himʼyariylar podshohlariga borib taqaladi[2]. Otasining ismi Mansur al-Himyoriy. Jaʼfarning Yazid ismli ukasi boʻlgan[3].
Arva Muhammad (boʻlajak xalifa al-Mahdiy) va Jaʼfar ismli ikki oʻgʻilni dunyoga keltirgan[4]. 764-yilda vafot etgan[4]. Uning ikki oʻgʻli Jaʼfar va Muhammad Iso ibn Muso merosxoʻrlikdan chetlatilgandan keyin uning merosxoʻrlari hisoblangan. Biroq Jaʼfar otasi al-Mansur davrida vafot etgan. Uning ukasi Muhammad esa taxtga yagona nomzod boʻlib qolgan.
Al-Mansurning kanizaklaridan biri kurd ayol boʻlib, u al-Mansurning oʻgʻli Jaʼfarning onasi edi[5]. Al-Mansur chaqaloqqa katta oʻgʻlining ismini qoʻygan.
Jaʼfar vafotidan soʻng uning yosh bolalariga otasi qaragan. Al-Mansur ham vafot etganidan keyin Jaʼfarning ukasi xalifa al-Mahdiy akasining farzandlari uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olgan. Al-Mahdiy keyinchalik Jaʼfarning qizi Zubaydaga uylangan.
Qarindoshlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jaʼfar Abbosiylar xonadonining bir qancha qudratli shaxslari bilan qarindosh edi. U al-Mahdiyning akasi, al-Aminning ona tomondan bobosi boʻlgan.
Jafarning ham bir qancha opa-singillari bor edi. Onasining vafotidan keyin otasi boshqa ayollarga uylangan va ulardan farzand koʻrgan.
№ | Abbosiylar | Qarindoshligi |
---|---|---|
1 | Al-Saffoh | amakisi |
2 | Al-Mansur | otasi |
3 | Al-Mahdiy | ukasi |
4 | Muso al-Hodiy | jiyani |
5 | Horun ar-Rashid | jiyani (kuyovi) |
6 | Al-Amin | nevarasi |
7 | Zubayda | qizi |
8 | Sulaymon | oʻgay ukasi |
9 | Iso ibn al-Mansur | oʻgay ukasi |
10 | Yoqub | oʻgay ukasi |
11 | Jafar ibn al-Mansur | oʻgay ukasi |
12 | Solih al-Miskin | oʻgay ukasi |
13 | Qosim | oʻgay ukasi |
14 | Aliya | oʻgay singlisi |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Abbott, Nabia. Two Queens of Baghdad — 30-bet.
- ↑ Abbott, Nabia. Two Queens of Baghdad: Mother and Wife of Hārūn Al Rashīd. University of Chicago Press, 1946 — 15–16-bet. ISBN 978-0-86356-031-6.
- ↑ al-Tabari. The History of al-Tabari Vol. 29: Al-Mansur and al-Mahdi A.D. 763-786/A.H. 146-169, SUNY series in Near Eastern Studies. State University of New York Press, 1990 — 148–49-bet.
- ↑ 4,0 4,1 Abbott, Nabia. Two Queens of Baghdad: Mother and Wife of Hārūn Al Rashīd. University of Chicago Press, 1946 — 15–16-bet. ISBN 978-0-86356-031-6.
- ↑ al-Tabari. The History of al-Tabari Vol. 29: Al-Mansur and al-Mahdi A.D. 763-786/A.H. 146-169, SUNY series in Near Eastern Studies. State University of New York Press, 1990 — 148–49-bet.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abbott, Nabia (1946). Two Queens of Baghdad: Mother and Wife of Hārūn Al Rashīd. University of Chicago Press
- al-Tabari; Hugh Kennedy (1990). The History of al-Tabari Vol. 29: Al-Mansur and al-Mahdi A. D. 763-786/A. H. 146–169. SUNY series in Near Eastern Studies. State University of New York Press. pp. 148–49.
Oʻtmishdoshi: Molik ibn al-Haysam al-Xuzay |
Mosul humdori 762–764 |
Vorisi: Xolid ibn Barmoq |