Jacob Abbot
Jacob Abbot |
---|
Jacob Abbott (talaffuzi: Jeykob Abbott, 1803-yil 14-noyabr, Mein shtatining Hellwuell shahri – 1879-yil 31-oktyabr Farmington, Mein) – Shimoliy Amerikalik yozuvchi va ruhoniy.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abbot 1820-yilda Bowdoin kollejini bitirgan[1].
Abbot 1821, 1822 va 1824-yillarda Andover ilohiyot seminariyasida taʼlim olgan. 1824—1825-yillarda esa u repetitor sifatida faoliyat yuritgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 1825-yildan 1829-yilgacha Amxerst kollejida matematika va tabiiy falsafa professori lavozimida faoliyat yuritgan. 1826-yilda Hampshir Uyushmasidan vaʼz oʻqish huquqini qoʻlga kiritgan. 1829-yilda Bostonda Yosh xonimlar uchun Maunt-Vernon maktabini tashkil etib, 1829-1833-yillarda uning rahbari sifatida ishlagan. 1834—1835-yillarda Massachusets shtatining Roksberidagi oʻzi asos solgan Eliot jamoat cherkovining ruhoniysi boʻlgan. Aka-ukalari bilan hamkorlikda Abbot institutini tashkil etib, 1843—1851-yillarda uning direktori vazifasini bajargan, shuningdek, 1845—1848-yillarda Nyu-Yorkdagi oʻgʻil bolalar uchun Maunt-Vernon maktabiga rahbarlik qilgan[2].
U sermahsul yozuvchi boʻlib, yoshlar uchun asarlar, qisqa hikoyalar, tarjimai hollar, keng kitobxonlar ommasi uchun diniy kitoblar va bir qancha ilmiy-ommabop asarlar muallifi boʻlgan. U 180 ta kitob yozgan va yana 31 ta kitobning hammuallifi yoki muharriri boʻlgan. 1839-yildan keyin hayotining bir qismini oʻtkazgan Main shtatining Farmington shahrida vafot etgan. Oʻsha yerda uning akasi Samuel Fillips Abbot Abbot maktabini taʼsis etgan.
Uning asarlari orasida „Rollo v igre“, „Rollo v Yevrope“ va boshqa shu kabi Rollo haqidagi kitoblar turkumi eng mashhur sanaladi. Bu kitoblarda asosiy qahramon oddiy bola va uning doʻstlari. Rollo haqidagi kitoblarining davomida u „Jorj amaki“ haqida yozib, undan yosh kitobxonlarga axloq, geografiya, tarix va fan boʻyicha taʼlim berish uchun foydalangan. Shuningdek, u 22 jildlik biografik hikoyalar va „Istoriya Frankonii“ deb nomlangan 10 jildlik toʻplamni ham yozgan.
Uning aka-ukalari Jon Stivens Kebot Abbot va Gorem Dummer Abbot ham yozuvchi edilar.
Edvard Abbotning Nyu-Yorkda 1882-yilda chop etilgan kitobida Jacob Abbotning asarlari bibliografiyasi keltirilgan[2].
Boshqa eʼtiborga molik asarlari: Lucy Books, Jonas Books, Harper’s Story Books, Marco Paul, Gay Family, va Juno Books
Shahsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1828-yil 18-mayda Abbot Harriet Vaughan bilan oila quradi. Abbotning toʻrtta oʻgʻli bor edi. Uning oʻgʻillari - va Austin Abbott (ikkalasi ham taniqli huquqshunoslar), shuningdek, Lyman Abbott ruhoniy, Edward Abbott esa mashhur yozuvchi boʻlgan.
Manbalaar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Jacob Abbott“. readseries.com. 2019-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-may.
- ↑ 2,0 2,1 Chisholm 1911.