Jafar Jabborli
Jafar Jabbarly | |
---|---|
Asl ismi | ozarbayjoncha: Cəfər Cabbarlı |
Tavalludi |
20-mart 1899-yil |
Vafoti |
31-dekabr 1934-yil (35 yoshda) Boku, Ozarbayjon SSR, Sovet Ittifoqi |
Ijod qilgan tillari | Ozarbayjon tili |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi va SSSR |
Jafar Gafar oʻgʻli Jabbarli (ozarbayjoncha: Cəfər Qafar oğlu Cabbarlı 1899-yil 20-mart, Xiziy — 1934-yil 31-dekabr, Boku) — ozarbayjon dramaturgi, shoiri, rejissyor va ssenariynavis ijodkorlardan biri hisoblanadi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1902-yilda otasi vafotidan keyin Jabbarlining onasi to‘rt farzandi bilan Bokuga ko‘chib o‘tgan. 1915-yilda Jabbarli o‘rta maktabni tugatib, keyingi 5 yil davomida Boku politexnikumida elektromexanika bo‘yicha o‘qishni davom ettirgan. 1920-yilda Ozarbayjon Davlat universitetining amaliy tibbiyot fakultetiga o'qishga qabul qilingan ammo bu sohaga qiziqishi yo'qligi sababli tez orada sharqshunoslik oyo'nalishiga o'tdi. 1923-yilda Jafar Jabborli dramaga bo'lgan qiziqishini qondirish uchun mahalliy teatrda ma'ruzalarga qatnasha boshladi[1].
Jafar Jabbarli 35 yoshida yurak yetishmovchiligidan vafot etdi hamda uni Faxriy xiyobonga dafn qilindi. Bokudagi milliy kinostudiya, “Ozarbayjonfilm” kinostudiyasi, koʻcha va metro bekati Jafar Jabborlining nomi bilan ataladigan bo'ldi.
1985-yil 22-mayda “Jafar Jabbarli yodgorlik uyi” muzeyi ochildi. I.Gutgashinli ko‘chasi 44-uyda (sobiq G.Sultonov ko‘chasi) Jafar Jabbarli istiqomat qilgan edi[2].
Adabiyot, teatr va kino
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jafar Jabbarli oʻsmirlik chogʻlaridayoq sheʼr yozishni boshlagan va ilk sheʼrlarini 1911-yilda Ozarbayjon “Hagigat-i Afkar” gazetasida chop etgani haqida xabar berilgan edi[1]. Keyingi yillarda Jafar Jabborli 20 dan ortiq pyesalar, she’rlar, ocherklar, hikoyalar, maqolalar yozgan. Uning asarlari 1920-yillarda kommunistik shon-shuhrat tashviqotidan juda ta'sirlangan va tenglik, mehnat, ta'lim, kosmopolitizm, ayollarning ozodligi, madaniy siljishlar va boshqalar kabi tegishli mavzularni nishonlagan. Jabbarlining Yevropa spektakllarini o‘rtacha ozarbayjonliklarga tanitishdagi eng katta yutug‘i juda ham mashhur bo'lgan asari Uilyam Shekspirning “Gamlet” asarini ozarbayjon tiliga tarjima qilgani bo‘ldi. Hamda ushbu asar orqali juda ham katta muhlislarga ega bo'ldi.
Jafar Jabborli 1925-yilda va bir yildan keyin Ozarbayjon drama teatrida rejissyorlik qilgan[3].
Jafar Jabbarli Ozarbayjonda ssenariynavislikning asoschisi sanaladi. Uning 1928-yilda yozilgan ikkita pyesasi — Sevil va Olmaz, 1929 va 1936-yillarda filmlarga aylantirilgani bizga ma'lum va mashhurdir. Ikkalasi ham ayollarning roli, ularning zulmi, kurashi va pirovardida eski patriarxal an'analar ustidan qozonilgan g'alaba mavzusiga e'tibor qaratgan edi[4][5][6].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jafar Jabbarli uy-muzeyi (Boku)
- Ozod qilingan ayol haykali
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Jafar Jabbarli: Life and First Years of Education (archived)
- ↑ Jafar Jabbarly: Museum (archived)
- ↑ Jafar Jabbarli: Translations (archived)
- ↑ Heyat, Farideh. Azeri Women in Transition: Women in Soviet and Post-Soviet Azerbaijan. Oxon, UK: Routledge, 2002 — 98–102-bet. ISBN 1136871705.
- ↑ Jafar Jabbarly: Third period of the writer's creative activity (1928-1934) (archived)
- ↑ Jafar Jabbarly: Film Activity (archived)