Jannat rangi
"Jannat rangi" (fors رنگ خدا) - eronlik rejissor Majid Majidiyning filmi, 1999-yilda suratga olingan.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Syujet yozgi ta’til uchun Tehrondagi maxsus maktabdan kelgan Muhammad ismli koʻr bola atrofida boʻladi. Muhammadning koʻzi ojizligidan uyalgan otasi uni olib ketishga kech qoladi va keyin direktorni Muhammadni yozda maktabda qoldirishga koʻndirmoqchi boʻladi. Direktor koʻnmaydi va Muhammadning otasi uni uyiga, qishloqqa olib boradi.
Muhammadning otasining xotini yoʻq va u bir ayolga uylanmoqchi. Qizning ota-onasiga sovgʻalar olib borib, toʻy qilmoqchi boʻlishadi va non sindirishadi. Oʻgʻlining koʻzi ojizligini boʻlgʻusi kelinning oilasi sezib, noxush alomat sifatida qabul qilishidan choʻchigan ota Muhammadni yashirishga harakat qiladi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Husayn Mahjub - otasi
- Muhsin Ramazoni - Muhammad
- Saloma Fayzi Aziz buvi
- Farahnoz Safari - katta opa
Nominatsiyalar va mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gran-pri, Monreal kinofestivali, 1999-yil