Kontent qismiga oʻtish

Janubiy Livan muhofazasi

Koordinatalari: 34°26′0″N 35°51′0″E / 34.43333°N 35.85000°E / 34.43333; 35.85000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Janubiy Livan muhofazasi

محافظة الجنوب
Muhofaza
34°26′0″N 35°51′0″E / 34.43333°N 35.85000°E / 34.43333; 35.85000
Mamlakat Livan
Maʼmuriy markaz Saydo
Hukumat
 • voliy Mansour Daou
Maydon 9,296 km2 (3,589 kv mi)
Aholisi
 (2017-yil 31-dekabr)
590 078[1]
Vaqt mintaqasi UTCUTC+02:00 (Shimoliy Yevropa vaqt mintaqasi)
Janubiy Livan muhofazasi xaritada
Janubiy Livan muhofazasi
Janubiy Livan muhofazasi

Janubiy Livan muhofazasi (arabcha: محافظة الجنوب, yoki soddaroq الجنوب) – Livan muhofazalaridan biri. Aholisi 590 000 kishi. Hududi[2] – 929.6 km2. Maʼmuriy markazi – Saydo shahri. Eng past balandligi – dengiz sathi darajasida; eng balandi – 1000 metr. Mahalliy aholi diniy jihatdan xilma-xil boʻlib, shia va sunniy musulmonlar, darziylar, sharqiy pravoslavlar, moruniylar, protestantlar va yunon katolik xristianlarini oʻz ichiga oladi. Qishda havo harorati 4 °C ga tushishi mumkin, balandroq joylarda koʻp yomgʻir va qor yogʻadi. Nam yozda qirgʻoqboʻyi hududlarida harorat 30° C gacha koʻtarilishi mumkin. Muhofazada Litoniy, Dayr al-Zahroniy, Noqoʻra, Avaliy, Qosimiya va Hasbani kabi bir qancha daryolar bor. Hudud oʻzining sitrus va banan fermalari bilan mashhur. Asosiy shaharlari – Saydo, Tir va Jezzin.

Mahalliy diqqatga sazovor joylar va tadbirlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu hududda koʻplab diqqatga sazovor joylar, jumladan Tir janubidagi toza oq qumli plyajlar, shuningdek, Saydo va Tirning qadimiy shaharlari yaqinidagi suv ostida qolgan Finikiya va Rim xarobalari orasida shoʻngʻish imkoniyati mavjud. Madaniyat ixlosmandlari Usmonlilar davridagi gavjum bozorlardan bahramand boʻlishadi va uzoq kundan keyin Oʻrta yer dengiziga qaragan dengiz mahsulotlari restoranida dam olishlari mumkin. Janubiy Livanda har yili minglab sayyohlarni jalb qiluvchi Tir festivali ham oʻtkaziladi.

Janubiy muhofazada din

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubiy muhofazada din (2020)

  Shialar (67%)
  Sunniylar (13%)
  Xristianlar (20%)

Shialar muhofaza aholisining aksariyat qismini tashkil qiladi va Zahrani Tire tumanlarining asosiy aholisi hisoblanadi. Sunniylar muhofaza markazi va Livanning Bayrut va Tripolidan keyin uchinchi yirik shahri boʻlgan Saydoning asosiy aholisi sanaladi. Xristianlar asosan Jezzin tumanida istiqomat qilib, Livandagi aholi soni boʻyicha toʻrtinchi shahar boʻlgan Tir shahrida kichik bir jamoani tashkil qiladi.

  • Jezzin
  • Saydo
  • Tir
  • Jezzin
  • Sidon yoki Saydo
  • Tir
  • Gʻazo
  1. Brinkhoff, Thomas „Lebanon: Administrative Division“. City Population (2019-yil 2-mart). Qaraldi: 2021-yil 3-iyul.
  2. „"Lebanon State of the Environment Report", chapter 1“. Ministry of Environment (Lebanon) (2001). 2009-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-noyabr.