Kasbi namozgohi
Kasbi namozgohi – Qashqadaryo viloyati (qadimiy Kasbi qishlogʻi)dagi meʼmoriy yodgorlik (16—17-asrlar). Aholi sayil va diniy bayram vaqtida yigʻiladigan maydondagi namozgoh, masjid. Baland peshtoqli namozgoh (31x9,5 m) tarhi toʻgʻri toʻrtburchakli, bosh tarzi sharqqa (maydonga) qaragan. Oʻzaro ravoq orqali bir-biri bilan bogʻlangan xonalar (4,4x4,4 m) asosi bir xil boʻlib, 5 gumbazli, oʻrtada markaziy xonaqoh (5,8x5,8 m). Undagi mehrob 5 qirrali, chuqur ravoqli qilib ishlangan, mehrob tashqariga boʻrtib chiqqan. Markaziy xona ravoqlarga, atrofdagi xonalar esa qalqonsimon qanoslarga tayangan. Qashqadaryo mahalliy xalq meʼmorligi anʼanalarini oʻzida mujassamlantirgan Kasbi namozgohi hajmdor shakli, tuzilishi, oʻziga xos bezaklari bilan ajralib turadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |