Kontent qismiga oʻtish

Komil Allamjonovga suiqasd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Komil Allamjonovga suiqasd
Joylashgan Allamjonovning Toshkent viloyati Qibray tumanidagi uyi yaqinida
Sana 26-oktyabr, 2024-yil(2024-10-26)
kechki 01:40 (UTC+05:00)
Nishon Allamjonov bor boʻlgan Range Rover avtomobili
Hujum turi
Suiqasd
Qurol Makarov
Jarohat olganlar
Yoʻq

Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd – 2024-yil 26-oktyabr sanasida Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga Qibray tumanida uyushtirilgan qurolli hujum. Hujum oqibatida hech kimga zarar yetmagan[1][2][3].

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 26-oktyabr kuni soat 01:40 atrofida Qibray tumani, Ifor koʻchasida sodir boʻlgan. Fuqaro S. S.ning boshqaruvida boʻlgan Range Rover rusumli avtomashina Ifor koʻchasida joylashgan temiryoʻl kesishmasiga yetganida[4] yoʻlning chetida yashirinib turgan mototsikldagi ikki shaxs mashinaga „Makarov(ingl.)“ pistoletidan besh marta oʻq uzib[5], nomaʼlum tomonga yashiringan[2][6][7][8][9].

Jinoyat ishi qoʻzgʻatilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97 (Qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) va 248 (Oʻqotar qurolning, oʻq-dorilarning, oʻqotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tezkor tergov guruhi tuzildi. Tergov guruhi tarkibi Bosh prokuratura; Toshkent viloyati, Toshkent shahar, Harbiy hamda Transport prokuraturalari; Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyat hamda Toshkent shahar IIBB, Bojxona qoʻmitasi xodimlaridan tuzilgan[2][4][6][9][10].

27-oktyabr kuni jinoyatni sodir etganda gumonlanuvchi 1 nafar[11][12], 28-noyabr kuni esa yana 3 nafar shaxs ushlangan[10][13][14][15]. 25-noyabr sanasiga kelib esa jinoyatni sodir etishga aloqador boʻlgan 7 nafar shaxs aniqlanib, 5 nafariga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan, 2 nafariga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan edi[16][17] [18] [19]. 28-noyabrda qidiruvda boʻlgan gumonlanuvchilarning biri K. S.ning Qozogʻistonda manzili aniqlanib, tergov harakatlari olib borildi. Qidiruvda boʻlgan ikkinchi ayblanuvchi Javlon Yunusov Janubiy Koreyada qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi[17][20]. Va hozirda suiqasdga asosiy ayblanuvchi sifatida koʻrilmoqda[21].

Ayblanuvchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Javlon Yunusov

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy ayblanuvchi sifatida koʻrilayotgan 36 yoshli Javlon Yunusov Interpol orqali qidiruvga berilib, Janubiy Koreyada qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi. Ayblanuvchi fargʻonalik boʻlib, rafiqasi koreys millatiga mansub Natalya Fen[21].

Yunusov, hozirda suiqasd buyurtmachisi va ijrochilar oʻrtasida vositachilik qilganlikda gumonlanmoqda. U muqaddam Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 („Firibgarlik“) va 105 („Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish“) moddalari boʻyicha bir necha bor sudlangan[21].

Javlon Yunusov Toshkent shahrida roʻyxatga olingan. 18 ta kompaniya taʼsischisi. Ularning 15 tasi hozirda faoliyat olib bormoqda va kompaniyalarning ayrimlari farmatsevtika bilan bogʻliq. Shuningdek, Yunusov bizneslari qurilish, donli ekinlar yetishtirish, binolarni ijaraga berish kabi oʻndan ziyod yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan. U Janubiy Koreyada hibsga olingach, Toshkentdagi bizneslariga reydlar oʻtkazildi[21].

Amaldorlarning lavozimidan ozod etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu suiqasd fonida, 23, 24, 25-noyabr kunlari bir qancha amaldorlar lavozimidan ozod etildi. Suiqasd bu isteʼfolarning sababi sifatida koʻrilmoqda:

Ramzan Qodirov munosabati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov xorijiy nashrlarda Oʻzbekistondagi otishmaga aloqadorligi haqida tarqalgan xabarlarni keskin rad etib, oʻzining Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdga aloqadorligi toʻgʻrisidagi xabarlarni „siyosiy oʻyin“ hamda „oʻzbeklar va chechenlar oʻrtasida nizo keltirib chiqarishga qaratilgan harakat“, deya baholadi[26][27] [28][8].

  1. „Komil Allamjonovga suiqasd uyushtirildi - manba“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Komil Allamjonovga suiqasd bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  3. „Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi“. https://daryo.uz. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  4. 4,0 4,1 „Komil Allamjonovning mashinasiga o‘q uzganlardan biri ushlandi — Bosh prokuratura“. https://www.gazeta.uz/. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  5. „Komil Allamjonovga suiqasd uyushtirildi“. https://www.qalampir.uz. Qalampir.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  6. 6,0 6,1 „Komil Allamjonovga suiqasd qilganlardan biri ushlandi - Bosh prokuratura“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  7. „Allamjonovga suiqasd ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi“. https://www.qalampir.uz. Qalampir.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  8. 8,0 8,1 „“Ishni oxirigacha yetkazgan bo‘lardim” – Ramzan Qodirov Allamjonovga nisbatan suiqasdga aloqasiga oid xabarlar haqida“. https://www.bbc.com. BBC. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  9. 9,0 9,1 „Komil Allamjonovning mashinasiga qarata o‘q uzildi, u va haydovchi jarohatlanmadi“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  10. 10,0 10,1 „Komil Allamjonov avtomobiliga o‘q uzishda gumonlanib yana uch kishi ushlandi“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  11. „Allamjonovga suiqasd uyushtirganlardan biri qo‘lga olindi“. https://www.qalampir.uz. Qalampir.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  12. „Komil Allamjonov avtomobiliga o‘q uzishda gumonlanuvchilardan biri ushlandi“. https://daryo.uz. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  13. „Komil Allamjonovga qurolli hujumda gumonlangan yana uch kishi ushlandi“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  14. „Allamjonovga suiqasdga aloqador yana uch kishi ushlandi“. https://www.qalampir.uz. Qalampir.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  15. „Komil Allamjonov avtomobiliga o‘q uzishda gumonlanib yana uch kishi ushlandi“. https://daryo.uz. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  16. „Komil Allamjonovga nisbatan suiqasdda gumonlanayotganlar soni 7 kishiga yetdi“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  17. 17,0 17,1 17,2 17,3 17,4 17,5 17,6 17,7 „Komil Allamjonovga suiqasd bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan Javlon Yunusov Janubiy Koreyada qo‘lga olindi“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  18. „Bosh prokuratura Komil Allamjonovga suiqasd bilan bogʻliq jinoyat ishining yangi tafsilotlarini eʼlon qildi“. https://uza.uz. Oʻzbekiston milliy axborot agentligi. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  19. „Komil Allamjonovga nisbatan suiqasdda gumonlanayotganlar soni 7 kishiga yetdi“. https://uzreport.news. Uzreport. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  20. „Komil Allamjonovga suiqasdda gumonlanib 5 kishi qamoqqa olindi“. https://daryo.uz. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  21. 21,0 21,1 21,2 21,3 „Allamjonovga suiqasd: tergovning yangi tafsilotlari, jinoyatni fosh etishga to‘sqinlik qilgan amaldorlar va katta tozalash“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  22. 22,0 22,1 22,2 22,3 22,4 22,5 „Bosh vazir yordamchisi va uning akasi ishdan olindi“. https://daryo.uz. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  23. „DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan haydaldi - manba“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  24. 24,0 24,1 24,2 „IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  25. 25,0 25,1 „Bosh vazir yordamchisi va uning DXX Ichki xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan akasi ishdan olindi“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  26. „Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  27. „Allamjonovga suiqasdda aloqam yo‘q – Ramzan Qodirov“. https://www.qalampir.uz. Qalampir.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  28. „Allamjonovga suiqasdda Ramzan Qodirovning qo‘li bormi?“. https://daryo.uz. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.