Kotib Misriy
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Abu Ali Hasan bin Ahmad kotib Misriy (vaf. 353 h.q./951 m.) – “Nasoyim ul-muhabbat”da ismi tilga olingan tasavvuf shayxi. Maʼrufiya silsilasining namoyandasi. Abubakr Misriy, Abu Ali Rudboriy, Abu Usmon Magʻribiy, Abulhusayn Sirvoniy Sagʻir, Abu Abdulloh Barqiy, Abulqosim Nasrobodiy bilan hamsuhbat boʻlgan. Abu Ali Mashtuliyning ustozi. Shayx Abusaid Abulxayr oʻz silsilasida uning ismini ham qoʻshgan.
Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx hayotiga bogʻliq bobni aynan kiritgan[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |