Polzun
Qiyofa
(Kreyskofdan yoʻnaltirildi)
Polzun (ruscha polzat — sirpanmoq), kreyskof — toʻgʻri chiziqli va yoysimon yoʻnaltirgichlar boʻylab ilgarilamaqaytma harakat hosil qilish uchun ishlatiladigan detal; krivoshipshatunli va kulisali mexa-nizmlarning zvenosi. Metall kesish stanoklari (koʻndalang randalash, tekis silliqlash va boshqalar) da P. keskichni oldinga va orqaga harakatlantiradi. Ichki yonuv dvigatellari, porshenli kompressorlar va boshqalarda P. vazifasini porshen bajaradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |