Kontent qismiga oʻtish

Kumushxon Xodjayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kumushxon Xodjayeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 20-iyul 1997-yil (1997-07-20) (27 yosh)
Vazni −57 kg
Sport
Qaysi sport para dzyudo
Murabbiy(lar)i Murod Dusumbetov
Medallar

1. Angliyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida kumush medal

2. Prij-2024 Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida kumush medal

Kumushxon Xodjayeva (1997-yil 20-iyulda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik para dzyudochi. Musobaqalarda J2 klassda ishtirok etadi.

2022-yildan buyon para dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi hisoblanadi. 2023-yil Angliyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Butunjahon IBSA tashkilotining yakuniy reyting natijalariga koʻra −57 kg vazn toifasida Parij-2024 Yozgi Paralimpiada oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan[1].

Kumush Xodjayeva ayollar oʻrtasida J2 klassida (koʻzi qisman koʻradigan sportchilar bellashadi) −57 kg vazn toifasida yarimfinalda ispaniyalik Marta Arche Poynoni magʻlub etib (1:0) va final bahsi uchun yoʻllanma olgan.

Finalda oʻzbekistonlik sportchi yaponiyalik Xirose Junkoga qarshi tatamiga chiqgan. Ammo hal qiluvchi bellashuvda Xodjayeva 10:0 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzosi Kumushxon Xodjayeva Parij-2024 Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida paradzyudo boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritgan[2].