Kontent qismiga oʻtish

Leonid Kanter

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Leonid Kanter
Tavalludi 27-iyul 1981-yil
Vafoti 4-iyun 2018-yil(2018-06-04)
(36 yoshda)
Obirki, Chernigov viloyati, Ukraina
Fuqaroligi Ukraina bayrogʻi Ukraina
Taʼlimi Kiyev milliy teatr, kino va televideniye universiteti
Kasbi hujjatli filmlar rejissyori, prodyuser, telejurnalist va yozuvchi

Leonid Vilenovich Kanter (ukraincha: Леонід Віленовіч Кантер; 1981-yil 27-iyul, Kiyev, Ukraina SSR, SSSR — 2018-yil 4-iyun, Obirki, Chernigov viloyati, Ukraina) — ukrainalik hujjatli filmlar rejissyori, prodyuser, telejurnalist va yozuvchi. Ukraina sharqidagi qurolli mojaro haqida bir qancha hujjatli filmlar muallifi, jumladan, „Mif“ hujjatli filmining hammuallifi.

Leonid Kanter 1981-yil 27-iyulda Kiyevda tugʻilgan. Bolaligi va yoshligi shu yerda oʻtgan. 1998-yilda 145-sonli Kiyev tabiiy fanlar litseyini tamomlagan. 2002-yilda I. K. Karpenko-Kari nomidagi Kiyev milliy teatr, kino va televideniye universitetini tamomlagan[1]. 1999-yildan Ukraina televideniyesida ishlagan. Shu yildan „Priydeshnі znamenitostі“ koʻrsatuvi boshlovchisi boʻlgan. 2003-yilda oʻzining birinchi „Lizard Films“ kinostudiyasiga asos solib, 50 dan ortiq qisqa metrajli filmlar va bir nechta toʻliq metrajli hujjatli filmlarni suratga olgan. 2004—2007-yillarda I. K. Karpenko-Kari nomidagi Kiyev milliy teatr, kino va televideniye universitetida dars bergan. 2005-yilda talabalar jamoasiga Ukrainadagi birinchi sayyohlik markazai „Plitse“dagi togʻ yoʻlini tozalashga yordam beradi. 2007-yilda „Xutor Obirki“ ijodkorlar jamoasiga asos solgan[2]. Jamoaning qarorgohi Chernigov viloyatining Obirki qishlogʻida joylashgan, bu yerda festivallar, sanʼat tadbirlari, milliy bayramlar, ijodiy maktablarning kechalari oʻtkazilgan. Eng mashhur tadbirlari „XLEB svoimi rukami“[3] va „Mama Afrika“ birinchi afro-etnik festivali[4] boʻlib, unda ishtirok etgan mehmonlari orasida kinorejissyor Mixaylo Illenko, vazirlar Igor Shvayka, Volodimir Omelyanlar ham bor boʻlgan. 2010-yillarda Obirok tumanida qoʻriqxona tashkil etish tarafdori boʻlgan, ammo bu hech qanday natijani bermagan. Yevromaydonni faol qoʻllab-quvvatlagan. 2014-yil mart oyida Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimga tashrif buyuradi. 2018-yilning 4-iyun kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 22:00da Ukrainaning Chernigov viloyati Obirki qishlogʻida boshidan oʻq jarohati bilan oʻlik holda topilgan[5]. Dastlabki versiyaga koʻra, oʻz joniga qasd qilgan[6][7]. Oʻz joniga qasd qilishi toʻgʻrisida maktub qoldirgan, uning mazmuni oshkor etilmagan[8][9].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2001 — „Chelovek bez shlyapi“ — Rejissyor
  • 2002 — „Yolka“ — Rejissyor
  • 2003 — „Ponyatiya“ — Rejissyor
  • 2003 — „Gnev“ — Rejissyor
  • 2006 — „S taburetom cherez Gimalai“ (uch qismli) — Prodyuser, ssenariy muallifi
  • 2014 — „Voyna za svoy schyot“ (I. Yasniy bilan birgalikda) — Rejissyor
  • 2015 — „Dobrovolsi bojego soyuza“ (I. Yasniy bilan birgalikda) — Rejissyor
  • 2018 — „Mif“ (I. Yasniy bilan birgalikda) — Rejissyor
  1. „Катерина Шалкіна, балерина“ (uk). 2021-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-iyun.
  2. „Обирок“. 2017-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-iyun.
  3. „«ХЛІБ своїми руками»“. 29 червня 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3 липня 2017.
  4. „«Мама Африка»“ (deadlink). 3 липня 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3 липня 2017.
  5. „Режисер Леонід Кантер скоїв самогубство — поліція“. 12 червня 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5 червня 2018.
  6. Miroslav Gay facebook, 6 chervnya 2018 17:44.
  7. „«Бачив тіло»: друг відомого українського режисера розповів подробиці його самогубства“. 12 червня 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7 червня 2018.
  8. „Режиссёр Леонид Кантер совершил самоубийство — полиция“. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-iyun.
  9. „Режисер фільму "Міф" Леонід Кантер вчинив самогубство - 24 Канал“. 24 Канал. 18 червня 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-iyun.