Liénard–Wiechert potensiallari
Liénard–Wiechert potensiallari - berilgan traektoriya boʻylab harakatlanadigan nuqtaviy elektr zaryadi yaratgan maydon potentsialining Lorentz-invariant ifodasi. Ular Lorentz kalibrovkasi asosida yozilgan bitta zarra uchun Maksvell tenglamalarining vakuumdagi aniq yechimidir.
Bu tenglamalarni Alfred-Marie Liénard (1898) va Emil Wiechert (1900) bir-biridan mustaqil ravishda olishgan.
Taʼrifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Liénard-Wiechert potensiali formulalaridagi barcha kattaliklar, shu jumladan zarra tezligi va uning radius vektori , quyidagi tenglama orqali aniqlanadigan vaqtda olinadi:
— kechikish vaqti deb ham ataladi.
Maydon potensiallarining koordinata boshidagi qiymati quyidagi ifodalar bilan beriladi (SGS sistemasida):
bu yerda — zarra tezligi, — uning radius-vektori, — [[skalyar potensialth> — yorugʻlik tezligi.
Umuman olganda, agar potensiallarni fazoning ixtiyoriy nuqtasida aniqlamoqchi boʻlsak, potensiallar uchun formulalarni bitta 4-potensial ifodasiga birlashtirish mumkin:
bu yerda — zarraning vaqt momentidagi 4-tezligi , 4-vektor kattalik — zarraning vaqt momentidagi radius-vektori.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kechikuvchi potensiallar
- Nuqtaviy zaryad kechikuvchi potensiali
- Vakuumda elektromagnit maydon
- Maksvell tenglamalari
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- A.A.Abdumalikov, Elektrodinamika, Choʻlpon, T., 2011
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |