Kontent qismiga oʻtish

Madiyar Saydraximov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madiyar Saydraximov
Statistikasi
Asl ismi qozoqcha: Мадияр Надиярұлы Сайдрәхимов
Vazni Oʻrta vazn (81 kg gacha),
1-og'ir (92 kg gacha)
Millati Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Tavalludi 1997-yil
Gʻazalkent tum, Toshkent viloyati,
Oʻzbekiston

Madiyar Nadiyar Oʻgʻli Saydraximov – (1997-yilda Toshkent viloyati, Gʻazalkent tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston) — oʻzbek havaskor bokschisi, oʻrta va birinchi ogʻir vazn toifalarida ishtirok etadi. Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi, Jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2021-y), Jahon harbiy oʻyinlari chempioni (2019-y), havaskorlar oʻrtasidagi xalqaro va respublika turnirlarining koʻp karra gʻolibi va sovrindori. „Boks ligasi Qit’alararo kubok“ sohibi (2022-y).

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madiyar Saidrahimov 1997-yil Toshkent viloyatining Gʻazalkent shahrida tugʻilgan. U qozoq millatiga mansub.

Havaskorlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-2018-yillarda Butunjahon boks seriyasi yarim professional ligasida oʻrta vaznda „Uzbek Tigers“ jamoasi sharafini himoya qilgan[1]. Madiyar rossiyalik Pavel Silyagin va mashhur kubalik Xulio Sezar La Kruzdan ochkolar boʻyicha ikkita magʻlubiyatga uchragan[2].

2021-2022-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oktabr oyi oxirida – ya’ni 2021-yil noyabr oyining boshida Belgradda (Serbiya) 92 kg vazn toifasida jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan[3]. 1/16 finalda belaruslik tajribali sportchi Vladislav Smyaglikovni ochkolar boʻyicha, 1/8 finalda qozogʻistonlik Aybek Oralbayni[4], chorak finalda angliyalik Lyuis Uilyamsni ochkolar boʻyicha magʻlubiyatga uchratgan ammo yarim finalda yana kubalik bokschi Xulio Sezar La Kruzga ochkolar boʻyicha magʻlub boʻlgan[5]. 2022-yil fevral oyida u ruslarning nufuzli „Strandja“ xalqaro turnirida 92 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida gʻolib boʻlgan[6]. Sofiyada (Bolgariya) boʻlib oʻtgan finalda bolgariyalik tajribali bokschi Radoslav Pantaleyevni ochkolar boʻyicha ortda qoldirgan[7].

Professionalik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 14-oktabr kuni Kuala-Lumpurda (Malayziya) latviyalik Roman Seredyukni (1:0) yengib, hakamlarning bir ovozdan bergan (39-37, 40-36 – ikki marta) qarori bilan professional ringdagi debyutini oʻtkazgan[8].

Madiyar 2022-yil iyun oyida Osiyo terma jamoasi tarkibida Moskvada „Liga Stavok“ bukmekerlik kompaniyasi va „Birinchi kanal“ telekanali tomonidan tashkil etilgan „Boks ligasi Qit’alararo kubogi“ tijoriy jamoasi finalchisi boʻlgan. Kubok yarim professional qoidalar boʻyicha oʻtkazilgan: 4 raundlik janglar professional qoidalar boʻyicha, ammo yumshoq havaskor boks qoʻlqoplarida boʻlib oʻtgan. Saidrahimov ushbu kubokning barcha – toʻrtta turnirida 90 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida ishtirok etib, Afrika va Amerika terma jamoalari bokschilarini magʻlubiyatga uchratgan, biroq ikki marta finalda rossiyalik tajribali havaskor bokschi Muslim Gajimagomedovga muddatidan avval yutqazgan[9][10].

Professional janglar statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1 jang, 1 gʻalaba (0 nokaut bilan).

Jang Rekord Raqib Raqib Jang oʻtkaziladigan joy Raundlar vaqti Qoʻshimcha
1 1-0 2017-yil 14- oktabr Latviya Roman Seredyuk (1:0) Malayziya Titwangsa stadioni, Kuala-Lumpur, Malayziya UD 4(4) Hakamlar bahosi: 39-37, 40-36 (ikki marta). Professional boksdagi debyut.
  1. „WSB: Казахстан занял первое место в группе «C»“ (rus). vRINGe.com (2017-yil 23-aprel). 2022-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  2. „Всемирная серия бокса: Куба «засушила» Узбекистан, Казахстан разгромил Индию“ (rus). vRINGe.com (2018-yil 12-fevral). 2022-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  3. „Чемпионат мира по боксу 2021. Результаты 29 октября — видео“ (rus). vRINGe.com (2021-yil 30-oktyabr). 2021-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  4. „Чемпионат мира по боксу 2021. Результаты 31 октября, вечерняя сессия“ (rus). vRINGe.com (2021-yil 1-noyabr). 2022-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  5. „Мадияр Саидрахимов вышел в полуфинал ЧМ по боксу в Сербии“ (rus). «Sputnik». (2021-yil 3-noyabr). 2022-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  6. „Чемпионат мира по боксу 2021. Результаты 4 ноября, полуфиналы, вечерняя сессия“ (rus). vRINGe.com (2021-yil 4-noyabr). 2022-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  7. „Казах из Узбекистана выиграл «золото» «малого чемпионата мира» по боксу“ (rus). Sports.kz (2022-yil 26-fevral). 2022-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-mart.
  8. „Лига бокса. Интерконтинентальный Кубок“ (rus). Сайт «Первого канала». 2022-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-iyul.
  9. „Сборная России победила сборную Азии на Интерконтинентальном кубке“ (rus). AllBoxing.Ru (2022-yil 12-iyun). 2022-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-iyul.
  10. „Сборная России победила в финале Интерконтинентального кубка“ (rus). AllBoxing.Ru (2022-yil 27-iyun). 2022-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-iyul.