Mahmut Makal
Mahmut Makal | |
---|---|
Tavalludi |
1930-yil |
Vafoti |
2018-yil 10-avgust Anqara, Turkiya |
Ijod qilgan tillari | Turk tili[1] |
Fuqaroligi | Turkiya |
Maxmut Makal (1930-yil, Gyulagach – 2018-yil 10-avgustda, Anqara) – turk yozuvchisi, shoiri va pedagogi. Uning „Bizning qishlogʻimiz“ (turkcha: Bizim Köy) nomli asari turk adabiyotida „qishloq adabiyoti“ janriga asos soldi[2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boʻlajak shoir 1930-yilda Gyulagach tumanidagi Demirji qishlogʻida tavallud topgan. 1943-yilda Ivriz qishloq institutiga oʻqishga kirib, u yerda adabiyot va she’riyat ilmini oʻzlashtirgan. Ilk she’rlarini 1945-yilda „Türk’e Dogʻru“ jurnalida, 1946-yilda esa „Köy Enstitüsü“ jurnalida eʼlon qilgan. Ayniqsa, Makalning „Varlık“ jurnalida chop etilgan „Qishloqdan maktublar“ asari keng jamoatchilik eʼtiborini qozongan[3][4][5].
Maxmut Makal 1947-yilda qishloq xoʻjaligi institutini tugatgach, olti yil davomida qishloqda o‘qituvchilik qildi. 1950-yilda o‘qituvchilik faoliyati davomida orttirgan tajribasiga asoslangan „Bizning qishlogʻimiz“ (turkcha: Bizim Köy) nomli kitobini nashr ettirdi. Bu asar Turkiyada „qishloq adabiyoti“ janrining asoschisi boʻlib qoldi[6]. „Bizning qishlogʻimiz“ mamlakat boʻylab keskin munozaralarga sabab boʻldi, bu esa Makalning hibsga olinishi va maʼlum muddat qamoqda saqlanishiga olib keldi[7].
Shoir 1953-yilda Anqaradagi Gʻoziy universitetiga oʻqishga kirdi va Fransiyaga tashrif buyurdi. Safar davomida Yevropa sotsiologiya markazida tadqiqotlar olib bordi. 1965-yilda esa Ishchi partiyasidan parlament aʼzoligiga oʻz nomzodini qoʻydi. Soʻngra Adana, Anqara va Antalyadagi boshlangʻich maktablarda faoliyat yuritgan. 1971-yilda Istanbuldagi imkoniyati cheklangan bolalar maktabida turk tili o‘qituvchisi sifatida ishlagan. 1971-1972-yillarda „Bizim Köy Publshing“ nashriyotiga rahbarlik qilgan, 1972-yilda esa Ka-Foskari universitetida turk tili va adabiyoti fanlarini oʻqitgan[8].
Yozuvchi 2018-yil 10-avgustda Anqarada vafot etdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Köy edebiyatı akımının başlatıcısı Mahmut Makal vefat etti“. Sozcu.com.tr. Sozcu.com.tr. 2018-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-avgust.
- ↑ Mahmut Makal: 'Canlandırılacak Köy’den 'Bizim Köy’e
- ↑ „Mahmut Makal köy enstitüsü anılarını anlatıyor“. 2020-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-aprel.
- ↑ „Mahmut Makal“. Edebiyat Öğretmeni. Edebiyat Öğretmeni. 2020-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-avgust.
- ↑ .
- ↑ „Turkish Modern: Bizim Köy“. Medium.com. Medium.com. 2018-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-avgust.
- ↑ „“Bizim Köy”ün Başı Sağ Olsun. Mahmut Makal’ı Yitirdik!“. Blog.milliyet.com. Milliyet.com. 2022-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-avgust.