Kontent qismiga oʻtish

Mangilik el darvozasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mangilik el darvozasi
qozoqcha: Мәңгілік ел қақпасы
Umumiy maʼlumot
Manzili Yesil tumani, Mangilik el prospekti
Shahar Ostona
Mamlakat Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Balandligi 20 m
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Sag'indiq Janbolatov[1]
Mangilik el darvozasi

Mangilik elOstona shahrida joylashgan meʼmoriy bino.

Yodgorlikni qurish g‘oyasining muallifi - Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev. Muassasa 2011-yili mamlakat mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan ochildi. Inshootning balandligi 20 metr, u mustaqillikka 20 yil to'lganligini bildiradi. Uning tomiga spiral zinapoyalar orqali chiqishga bo'ladi. Tashqarisi granit va marmardan yasalgan. Qurilish jarayonida faqat yuqori sifatli materiallar ishlatildi.

Yon devorlari bezaklar bilan bezatilgan. Pastki qismida 4 katta haykal joylashgan. Ular qozoq xalqining tarixiga katta hissa qo‘shgan insonlarning obrazi. Birinchisi, Oqsoqol haykali, u donolik timsoli. Ikkinchisi - Ayol-ona, u mehribonlik va iliqlik belgisi. Uchinchi va toʻrtinchi haykallarda qozoq qahramonlarining jasoratlari tasvirlangan. Yuqori tomonining ikki chetida gerb tasvirlanib, tomida bayroq tasvirlangani, binoning alohida davlat qiymati bor ekanligi ko'rsatadi. Yon qismlarida, birlik bilan mehmondo'stlikni anglatuvchi "Tay-Qozon" haykali o'rnalashgan. Yuqori qismida qozoq askarlarining quroli "Qalqon" tur. Bu ishonchlilik, barqarorlik va tashqi dushmanlardan himoyalanishga tayyorlik belgisidir.

Inshootni ko'rishga kelgan kuzatuvchilar, ko'rish maydoniga ko'tarilmasdan oldin, mamlakat poytaxtining tarixi bilan tanishish va qahramonlarning muhtasham haykallariga qoyil qolish imkoniga ega bo‘ladilar. Ikki tomondan avtomobil yoʻllari boʻlgani uchun tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida yer osti oʻtish joyi ajratilgan.

Darvozaning ichki qismida, xalqning turli davrda erishgan yutuqlari haqida bo‘rtma yozuvlar bor. Qozog‘istonning mustaqil davlat bo'lib shakllanishi tarixi va qozoq xalqining merosi, “Mangilik el” darvozasining g‘oyasiga kirgan.[2]