Mavlono Ismatulloh
Mavlono Ismatulloh | |
---|---|
Tavalludi | |
Vafoti | 1601 |
Otasi | Mavlono Mahmud ibn Neʼmatulloh |
Onasi | ? |
Mavlono Ismatulloh – (1503–1601) – tariqat va shariatning mashhur namoyandalaridan biri, shoir. Buxoro xonligida hukmronlik qilgan Shayboniylar sulolasi vakillari Koʻchkunchixon va Abdullaxon I davrida Samarqandda „Al’am ul-ulamo“ vazifasini bajargan[1]. Mavlono Ismatulloh 1503-yilda Samarqandda tavallud topgan. Uning otasi Mavlono Mahmud ibn Neʼmatulloh boʻlgan. Mavlono Ismatulloh silsilasi Joʻyboriy xoʻjalarga borib taqaladi. Dastlabki taʼlimni u otasidan oladi va keyinchalik Samarqanddagi madrasada tahsil oladi. Nishopur, Balx shaharlariga sayohat qilib, naqshbandiya tariqati asoslarini, fors va arab tillarini oʻrganadi[1]. Sharafuddin Roqimiy asarida Mavlono Ismatulloh Xoja Orif Revgar Buxoriy avlodi ekanligi toʻgʻrisida yozgan[2]. Mavlono Ismatullohning fiqh va hadis ilmiga oid „Dar odobi tahorat“, „Najot ul-qori dar qavoid ul-Qur’on“, „Hoshiya bar shahri Aqoid“, „Hoshiya bar shahri Mullo“, fors tilida yozilgan „Zohiriy va botiniy bilimlar donishmandi“ kabi asarlari mavjud . Uning „Risolai raʼsiya“, „Risolai husniya“, „Suol va javobi mas’alai gʻaribiya“, „Az azobi qabr to oxir“ kabi risolalari ham mavjud. Ushbu asarlarda qazo va qadar, rizo, shaxs, ajrim, jamiyat, ziddiyat, jon va dunyo va boshqa bir qator diniy masalalarni uchratish mumkin. Mavlono Ismatullohning ilmiy risolalari boshlanish qismi roboiy, gʻazal, pand, roboiy bilan boshlangan. Mavlono Ismatulloh 1601-yilda vafot etgan boʻlib, qabri Xoja Ahror Valiy qabrining oʻng tomonida joylashgan[1]. Sharafuddin Roqimiy shayx vafoti munosabati bilan fors tilida 23 baytdan iborat marsiyani yozadi. Qosim Shayx u haqida shunday yozgan: „Mavlono Ismatulloh validiylar va laduniy ilmlar sohibidir[3]“.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Ҳамиджон Ҳотидий 2016, s. 368.
- ↑ Шарафуддин Роқимий 1998, s. 138-139.
- ↑ Ҳамиджон Ҳотидий 2016, s. 369.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ҳамиджон Ҳотидий. Тасаввуф алломалари. Tошкент: Oʻzbekiston нашриёти, 2016 — 389-bet. ISBN 978-9943-28-669-6.
- Шарафуддин Роқимий. Тарихи томм. Tошкент: Маънавият нашриёти, 1998 — 155-bet.