Vikipediya:Forum/Takliflar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoidalar   Texnik savollar   Takliflar   Yangiliklar   Yordam
Bu boʻlim qoidalar bilan bogʻliq boʻlmagan takliflar uchun moʻljallangan.

Arxiv


Statusli maqola talablariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish[manbasini tahrirlash]

Oxirgi paytlarda statusga nomzod maqolalar muhokamasida tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Masalan, 2023-yil 24-iyun 10:58da Saparmurot Niyozov maqolasi foydalanuvchi tomonidan yaxshi maqolaga nomzod qilinadi. Oʻtgan 14 kun davomida 3ta rozi va 2ta qarshi ovoz beriladi. Administratorlar tomonidan maqoladagi kamchiliklarni tuzatish yuzasidan fikrlar bildiriladi: [1], [2]. Muallif berilgan takliflar yuzasidan maqolaga tuzatishlar kiritib talablarga mos holga keltiradi. Shu kuniyoq, muddatni uzaytirish taklifiga qaramay, munozara „Maqola oʻtgan muddat davomida yetarli darajada ovoz toʻplay olmadi. Aytib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilgach, qayta nomzodlikka qoʻyish mumkin“ degan iddao bilan yopib qoʻyiladi. Yana bir holatda, aynan yuqoridagi foydalanuvchi bergan yana bir nomzodga 14 kun davomida birorta ovoz berilmaydi va munozara sahifasi aynan shu administrator tomonidan „yetarlicha ovoz toʻplay olmagani uchun“ yopib qoʻyiladi. Nomzod bergan foydalanuvchi esa, Yaxshi maqola talablariga „Maqola 14 kun muddatga nomzodlikka qoʻyiladi. Agar shu muddat davomida ovoz berilmasa, bu muddat yana uzaytirilishi kerak“ punktini boshqalar bilan maslahat qilmay, yozib qoʻyadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytib oʻtilgan 14 kunlik qatʼiy belgilangan muddat qoidasidan voz kechish va „Maqola 14 kun muddatga nomzodlikka qoʻyiladi. Agar shu muddat davomida yagona kelishuvga erishilmasa, bu muddat yana uzaytirilishi kerak. Shuningdek, agar nomzod maqola oʻquvchida yorqin taassurot qoldira oladigan va ushbu statusga toʻlaqonli mosligi tufayli koʻpchilikning rozilgini olgan boʻlsa, 14 kundan avvalroq muddatda administrator yoki xulosa chiqaruvchi tomonidan tasdiqlanishi mumkin“ punktini kiritishni taklif qilaman. Undan tashqari, har qanday xulosaga eʼtiroz bildirish uchun „Xulosalarga eʼtiroz bildirish“ sahifasi ham yaratildi. Unda administrator yoki xulosa chiqaruvchi tomonidan berilgan xulosa muhokama qilinishi mumkin. Shu takliflarni tanlangan roʻyxat, tanlangan maqola, yaxshi maqola va xushsifat maqola talablariga kiritishni ham taklif qilaman. Umarjon Rahimov (munozara) 10:43, 22-Iyul 2023 (UTC).[javob berish]

 Bajarilmadi. Hech qanday munosabat bildirilmadi. Nataev munozara 17:38, 14-Fevral 2024 (UTC)[javob berish]


AT uskunasini yopish va AT uskunasida yaratilgan axlat maqolalarni yoppasiga oʻchirish[manbasini tahrirlash]

Assalamu aleykum! Hurmatli oʻzbekcha vikipediyaning administratorlari va faol ishtirokchilari. Oʻzbekcha vikipediyadagi maqolalarni sifatini yaxshilash va teranligimizni muvozanatga keltirish uchun avtomat tarjima uskunasini oʻchirishni, avval yaratilgan va hozirda yangi foydalanuvchilar tomonidan tuzatib boʻlmas darajada yaratilayotgan maqolalarni oʻchirishni taklif qilaman. Agar bu uskunani oʻchirmasak oʻzbekcha vikipediyada sifatsiz va tushunarsiz axlat maqolar koʻpayib boraveradi. Bu esa bizni kuzatayotgan ziyoli qatlamni ham tanqidiga sabab boʻlishi mumkin. Hurmatli vikipediyani adminlari mana shu taklifimga oʻz fikringizni bildirishingizni va tez orada xulosa chiqarishingizni soʻrayman. Eʼtiboringiz uchun tashakkur!   Mirzoulugʻbek |@  19:17, 8-Sentabr 2023 (UTC)

Fikrlar[manbasini tahrirlash]

2023-yil 30-oktyabr holatiga koʻra ushbu taklifga 9 kishi rozi, 1 kishi betaraf ekanini bildirgan. Hozircha ovoz berishda ishtirok etmagan rasmiyatchilar – Abdulla va Malikxan ovozlar, munozaralar natijasiga koʻra xulosa chiqarishda ishtirok etsangiz yaxshi boʻlar edi. Jamshid Nurqul (munozara) 21:05, 30-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Qoʻshilaman. 13-dekabr holatiga koʻra qoʻllab ovoz berganlar soni 11 taga yetdi, rasman qarshilar esa umuman yoʻq. Men toʻliq qarshi emasman, shuning uchun quyida „betaraflar“ boʻlimi ostida „Uzoq muddatdan beri bu haqda oʻylayman va bir qarorga kela olganim yoʻq“, deb yozgandim. Lekin muhokama foydali boʻldi. Hech boʻlmasa „WikiStipendiya“ tugagunicha asbobni oʻchirib qoʻyish oʻrinli boʻladi, menimcha. Nataev munozara 15:19, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Faqat tajribali foydalanuvchilarga AT asbobidan foydalanish huquqini berishni taklif etaman. Masalan, kamida 1 oy oldin roʻyxatdan oʻtgan va/yoki kamida 500 ta tahrir qilgan foydalanuvchilarga.
Malikxan munozara 21:59, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Agar kimgadir ruxsat berish kerak boʻlsa kamida 6 oy oldin roʻyxatdan oʻtgan va/yoki 3000 dan ortiq tahrir qilgan, tahrirlarining kamida 30 foizi foydali/qaytarilmagan/oʻchirilmagan yoki yangi maqola yaratish bilan bogʻliq boʻlgan foydalanuvchilarga AT asbobidan foydalanishga ruxsat berish kerak deb oʻylayman. Chunki Vikipediyada foydali tahrir qilmasdan, bitta nuqtani oʻchirib, qayta qoʻyib ham tahrir sonini oshiradiganlar topiladida. VikiOromgohlar vositasida tahriri soni 5 000 dan oshgan lekin Vikipediyada avtomat tarjimasiz maqola yarata olmaydigan va vizual tahrirchisiz (manba kodini tahrirlash orqali) ishlay olmaydigan, sovrinli tanlov boʻlmasa Vikipediyani eslamaydiganlar armiyasini tarbiyalab qoʻydik. Ularga albatta AT uskunasi yordamida tezda maqola yaratib qaysidir saralashda yoki tanlovda qatnashish qulay, shularning yoʻlini biroz toʻssak maqsadga muvofiq boʻlardi. Agar ATchilar Google yo Yandex translatega oʻtib ketishsa, ularni ham bemalol topib ogohlantira olamiz deb oʻylayman. Jamshid Nurqul (munozara) 22:29, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Ruscha Vikipediyada faqatgina avtomatik patrullanuvchi va undan yuqori statusga ega foydalanuvchilarga tarjima uskunasidan chop etish huquqi berilgan. Uzwikida faqat patrullovchi, eski holiga qaytaruvchi, xulosa chiqaruvchi, administrator va rasmiyatchilarda ushbu gadjet qoldirilishi tarafdoriman. Umarxon III (munozara) 16:27, 18-Yanvar 2024 (UTC).[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Roziman – Avtomat tarjima unsurlari mavjud maqolalarni yoppasiga oʻchirib yuborish va AT uskunasini oʻchirish juda ajoyib taklif. Jamshid Nurqul (munozara) 19:22, 8-Sentabr 2023 (UTC)
  2.  Roziman – Alpasli (munozara) 19:35, 8-Sentabr 2023 (UTC)
  3.  Roziman – Humoyun Qodirov (munozara) 19:41, 8-Sentabr 2023 (UTC).
  4.  Roziman. Muzaffar Murodovichmusohaba 19:59, 8-Sentabr 2023 (UTC)
  5.  Roziman. – Kagansky munozara 20:20, 8-Sentabr 2023 (UTC)
  6.  Roziman. – Oxirgi vaqtlarda aynan ushbu uskuna sabab koʻplab avtomat tarjimadan iborat maqolalar yaratilmoqda. Bu esa tabiiyki, UzWikida axlat maqolalar soni oshishiga ijobiy hissa boʻlmoqda. Ushbu uskunaning oʻchirilishi yangi foydalanuvchilar sifatli tarjima borasida fikrlarini oʻzgartirishlari uchun kuchli motivatsiya boʻla oladi deb oʻylayman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:02, 12-Sentabr 2023 (UTC)
  7.  Roziman. – Ibrohimjon 11:40, 12-Sentabr 2023 (UTC)
  8.  Roziman. Kundan kunga turli hil loyihalar va yaxshi ishlanayotgan PR ortidan oʻzbekcha Vikipediyada tahrirchilar soni ortib borishi bilan bir qatorda, ularning katta qismi toʻrtta tugmani bosib maqola yaratayotganlardan iborat ekanligi achinarli holat, albatta. Shunday foydalanuvchilar va AT maqolalarni sonini kamaytirish maqsadida, albatta, oʻchirilishi kerak deb oʻylayman. ANJANIY!!#suhbat 21:22, 20-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  9.  Roziman – 100%. Hilola Jurakulova (munozara) 13:13, 21-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  10.  Roziman  – ITPRO.UZ (munozara) 14:59, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  11.  Roziman  – Yaxshi yozilgan bir-ikkita OʻzME maqolalari AT maqola boʻlib ketibdi - Xusinboy Bekchanov (munozara) 15:09, 13-Dekabr 2023 (UTC).[javob berish]
    Oʻchirishdan oldin OʻzME maqolasi boʻlsa, oʻsha variantini tiklab qoʻysak yaxshi boʻladi - Xusinboy Bekchanov (munozara) 15:12, 13-Dekabr 2023 (UTC).[javob berish]
  12.  Roziman – Biroq yuqorida aytilganiday, yaxshi yozilgan AT maqolalarni qayta tiklab chiqishimiz kerak boʻladi. Zarifboyev (munozara) 15:25, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  13.  Roziman – Programmer (munozara) 15:28, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  14.  RozimanAxadjon1 (munozara) 15:33, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  15.  RozimanMirishkorlik (munozara) 15:48, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  16.  RozimanMiss Kamola (munozara) 16:00, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Bu yerda masalaning yana bir jihati bor: AT asbobini oʻchirib qoʻysak, shovvozlar matnni Google Tarjimonda tarjima qilib, soʻngra Vikipediyaga olib oʻtishlari mumkin. Bu yanada mushkul vaziyat keltirib chiqaradi, chunki yaratilgan maqolalar shunchaki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan emas, balki umuman rasmiylashtirilmagan boʻladi. Uzoq muddatdan beri bu haqda oʻylayman va bir qarorga kela olganim yoʻq. Nataev munozara 21:52, 20-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]

AT uskunasini yopib qoʻysak Google Tarjimon yordamida mashina tarjimasini vikiga olib kiruvchilarni keskin ogohlantirish va chetlatishga maʼnan haqqimiz boʻladi, hozir foydalanuvchilarga AT imkoniyatini berib, mashina tarjimasini taqiqlashimiz biroz tushunarsiz tuyuladi yangi kelganlarga. AT uskunasining oʻchirilishi uzwiki teranligiga va maqolalar sifatiga ijobiy taʼsir koʻrsatishiga ishonaman. Jamshid Nurqul (munozara) 22:01, 20-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Tarjima asbobi aynan asbob. Undan toʻgʻri yoki notoʻgʻri foydalanish mumkin. Pichoq bilan qotillik sodir etish mumkin boʻlgani uchun uni oshxonadan yoʻq qilmaymiz-ku. „WikiStipendiya“ marafonining ilk mavsumida ragʻbatalantirilgan barcha foydalanuvchilar asbodan ozmi-koʻpmi foydanlangan. Demak, niyati xolis odam ushbu asbobdan toʻgʻri foydalansa boʻladi. Nataev munozara 16:58, 23-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum. Boʻlmasa uskunani oʻchirishni noyabrdan keyin amalga oshirish kerak. Chunki bu paytga kelib, „WikiStipendiya“ marafoni oʻz nihoyasiga yetadi va oʻzbekcha Vikipediyada kimlar yana tahrirlashni davom ettirish yoki ettirmasligi maʼlum boʻladi. Sababi maʼlum bir oylik marafoni doirasida ancha faol boʻlgan foydalanuvchilarning koʻp qismi hozirda deyarli tahrir qilmay qoʻygan. Humoyun Qodirov (munozara) 17:48, 23-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Bu yerda pichoqni misol qilmagan boʻlardim, hozircha oshxonada pichoqning oʻrnini bosa oladigan boshqa asbob yoʻq ammo AT asbobisiz bemalol maqolalar yozish mumkin. Bu asbobni oʻchirish bilan koʻp narsa yoʻqotmaymiz. Jamshid Nurqul (munozara) 22:40, 23-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Pichoq bajaradigan ishlarni peeler, bolta, elektrik pichoq va hokazolar bosa oladi. Yuqorida Humoyun bildirgan fikr ham oʻrinli, chunki hozirgi maynavozchilik vaqtincha davom etadi. Nataev munozara 14:12, 29-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Dastlabki xulosa[manbasini tahrirlash]

Content Translation asbobini butunlay oʻchirib qoʻyishni koʻpchilik qoʻlladi, ammo hamma bir ovozdan emas. Asbobni butunlay oʻchirish radikal yechim va undan toʻgʻri foydalanayotganlar (oz boʻlsa-da) mavjud. Boshqa foydalanuvchilar koʻtargan bir necha mavzuni (xususan, VP:Forum#„Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“ bandiga mos keladigan eski maqolalarni oʻchirish yuzasidan soʻrovnoma hamda VP:Administratorlar forumi#WeekieHogwarts oromgohi) hisobga olgan holda, kompromis yechimni taklif qilaman:

  1. Content Translation asbobini butunlay oʻchirmaymiz, ammo
  2. „WikiStipendiya“ marafonida boshlanganidan keyin, yaʼni 2022-yilning may oyidan bugunga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida yaratilgan va asosan avtomat tarjimadan iborat maqolalarni muhokamasiz oʻchirish yoʻlini tutamiz. Ikkinchi band muhim, shuning uchun batafsil toʻxtalib oʻtsam. Tarjima maqola quyidagi mezonlarning ikki yoki undan oshigʻiga mos kelsa, tezda oʻchirish yoki oʻchirish jarayonlarini chetlab oʻtgan holda „Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“ izohi bilan oʻchiramiz (va oʻchirayotganda ushbu muhokamaga link qoldiramiz). Mezonlar:
    1. maqola 2022-yilning may oyidan bugungacha boʻlgan muddat orasida yaratilgan boʻlsa
    2. maqolani yaratilgan izohda „… tilidan tarjima qilib yaratdi“ yozuvi boʻlsa
    3. maqola Pages with unreviewed translations va/yoki Vikipediya:Avtomat tarjimalar turkumida boʻlsa
    4. maqola mashina tarjimasi ekanini koʻrsatuvchi ikkidan oshiq holat boʻlsa (masalan, koʻp maʼnoli soʻzning notoʻgʻri maʼnosi qoʻllanilgan boʻlsa, gap mazmunsiz boʻlsa, oʻzbek tilida mavjud boʻlmagan atamalar ishlatilgan boʻlsa va h).

WikiStipendiya oʻz yakuniga yetganidan keyin ushbu vaqtincha chorani toʻxtatsak boʻladi. Marafondan oldin yaratilgan maqolalarni esa odatdagidek oʻchirish jarayoni orqali koʻrib chiqamiz. Nima deysizlar? Nataev munozara 16:21, 20-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

  1.  Qoʻshilaman, birinchidan Mana shu turkumdagi maqolalarni ham ro'yxatga kiritishni, ikkinchidan Ruscha Vikipediyada faqatgina avtomatik patrullanuvchi va undan yuqori statusga ega foydalanuvchilarga tarjimadan foydalanish huquqi qoldirilgan edi. Bizda ham patrullovchi va undan yuqori statusni olgan foydalanuvchilarda ushbu gadjet qoldirilishi kerakligini takllif qilaman. Umarxon III (munozara) 16:43, 20-Yanvar 2024 (UTC).[javob berish]
Siz koʻrsatgan turkumni ham qoʻshib qoʻydim. Taklifingizga kelsak, menga maʼqul, ammo bu borada alohida muhokama oʻtkazish kerak boʻladi, menimcha. Nataev munozara 17:05, 20-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Xulosa[manbasini tahrirlash]

Nofaol administratorlarni huquqlaridan mahrum qilish[manbasini tahrirlash]

Oʻzbekcha Vikipediyada tahrir qilmay qoʻygan administratorlarni huquqlaridan mahrum qilish siyosati hanuzgacha yoʻq va shuning uchun global qoidalarga amal qilib kelamiz. Oʻz qoidalarimizni ishlab chiqadigan vaqt keldi. Xususan, enwikida qabul qilingan qoidalar asosida quyidagi qoidani joriy qilishni taklif qilaman:

  • Bir yildan oshiq vaqt mobaynida umuman tahrir qilmagan administratorlar va rasmiyatchilar huquqlaridan mahrum qilinadi;
  • Soʻnggi besh yil ichida 100 tadan oz tahrir qilgan administratorlar va rasmiyatchilar huquqlaridan mahrum qilinadi.

Mezonlar[manbasini tahrirlash]

  • Administratorlar
    • 1-mezon: bir yil davomida hech qanday tahrir (oʻchirilgan tahrirlar ham hisobga olinadi) yoki administrator amaliyotini a bomalga oshirmagan boʻlsa
      • bir oy oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
      • bir necha kun oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
    • 2-mezon: 5 yil davomida 100 tadan oz tahrir qilgan boʻlsa (oʻchirilgan tahrirlar ham hisobga olinadi)
      • 3 oy oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
      • 1 oy oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
    • statusdan mahrum qilish protsessual jarayon ekanligi tushuntiriladi
  • Rasmiyatchilar
    • yuqoridagi siyosat rasmiyatchilarga ham tatbiq qilinadi
    • foydalanuvchiga huquqlari bekor qilingani haqida xabar beriladi.

Nima deysizlar? Nataev munozara 14:40, 29-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Roziman.   Mirzoulugʻbek |@  01:38, 3-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman — yaxshi taklif. Jamshid Nurqul (munozara) 18:56, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman. Malikxan munozara 22:02, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman. Mirishkorlik (munozara) 02:55, 16-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman. — Kagansky munozara 17:51, 17-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  6.  Roziman. — Ibrohimjon 18:37, 19-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Izohlar[manbasini tahrirlash]

Yuqoridagi mezonlarning hammasiga „maqola nomfazosida“ soʻzlarini qoʻshishni taklif qilaman. Umarxon III (munozara) 02:55, 16-Dekabr 2023 (UTC).[javob berish]

Boshqa vikilarda qanday? Shartmikin? Nataev munozara 17:40, 17-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Xulosa[manbasini tahrirlash]

Tamom, kelishdik. Qoidalarga oʻzgartirish kiritildi. Nataev munozara 16:30, 20-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Oʻzbekcha Vikipediyaning asosiy logosi[manbasini tahrirlash]

Hormanglar! Ayni damda qoʻllanilayotgan logomizda imloviy xato bor. Oʻzbek tilining qoidalari boʻyicha „ensiklopediya“ soʻzi kichik harf bilan yozilishi kerak. Qarang: https://lex.uz/docs/1625271#1626120. Xususan, „Вазирликлар ва идоралар, корхоналар ва ташкилотлар номи таркибидаги биринчи сўз бош ҳарф билан бошланади: Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik instituti каби“. (Sovet davrida ishlab chiqilgan qoidalar rus tilidan olingan boʻlib, ruscha, qozoqcha va qirgʻizcha Vikipediyalardagi logolarda bu soʻz kichik harf bilan yozilgan).

Shuningdek, „ochiq“ emas, „erkin“ deb yozish taklif qilinadi. Shunda shiorimiz „Erkin ensiklopediya“ boʻladi. Quyida bu taklif boʻyicha ovoz berishingizni va fikr bildirishingizni soʻrayman. — Bu xabarni Nataev (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Roziman — Mirishkorlik (munozara) 15:26, 24-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman — Axadjon1 (munozara) 15:30, 24-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  3. Ikkala taklifga ham  Roziman. Jamshid Nurqul (munozara) 15:38, 24-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman — yaxshiki, Vikipediya bilan kurashib yurgan ayrim shaxslar koʻrmagan bu kabi kamchiliklarni) Alpasli (munozara) 15:41, 24-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman. Bosh sahifa mukammal boʻlishi kerak. Umarxon III (munozara) 15:54, 24-Dekabr 2023 (UTC).[javob berish]
  6.  Roziman — Ibrohimjon 16:30, 24-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  7.  Roziman — qoʻllab-quvvatlayman. Salazarov(gaplashuvuza?) 06:30, 8-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Imzo qoʻyganda avtomatik paydo boʻluvchi sana formatini oʻzgartirish[manbasini tahrirlash]

Hammaga salom, baʼzi andozalardagi sana formatini oʻzgartirishimiz kerak, menimcha buni faqat interfeys administratorlari qila oladi, munozaralarda imzo qoʻyganda avtomatik paydo boʻladigan sananing formati hozirda „22-yanvar 2024“ (KK-oy YYYY) koʻrinishida, shuni „2024-yil 22-yanvar“ (YYYY-yil KK-oy) koʻrinishidagi formatga oʻtkazsak oʻzbekcha boʻlardi. Bu borada kim qanday fikrda?
Hurmat bilan — Jamshid Nurqul (munozara) 00:04, 23-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Fikrlar[manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekchalashtirish siyosatimizga mos. Imkoni boʻlsa, men qarshi emasman. Salazarov 03:51, 23-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
  2. bu borada Vikipediya tashqarisida ham ayrim tanqidlarni eshitgandim. tuzatilsa maqbul boʻlardi deb oʻylayman. Alpasli (munozara) 07:55, 23-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
  3. Juda ajoyib ish boʻlardi. Anchayin tushunarli va oʻzbekcha. Mirishkorlik (munozara) 14:07, 27-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman. Nataev munozara 17:29, 14-Fevral 2024 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman. — Kagansky munozara 17:42, 14-Fevral 2024 (UTC)[javob berish]
  6.  Roziman. — Muxriddin Azimov (munozara) 18:47, 14-Fevral 2024 (UTC)[javob berish]
  7.  Roziman. Ibrohimjon 02:51, 15-Fevral 2024 (UTC)[javob berish]
  8.  Roziman.   Mirzoulugʻbek |@  22:00, 2-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]

Xulosa[manbasini tahrirlash]