Mazor maqbarasi
Mazor maqbarasi | |
---|---|
ivritcha: מאוזוליאום מזור | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | ochiq |
Turi | maqbara |
Joylashuvi | Mazor, Isroil |
Koordinatalar | 32°02′47″N 34°56′46″E / 32.0465°N 34.9461°E |
Mazor maqbarasi |
Mazor maqbarasi (ivritcha: מאוזוליאום מזור) Isroilda eng yaxshi saqlanib qolgan Rim binolaridan biri boʻlib, El’ad hududida joylashgan. Isroilda poydevoridan to tomigacha saqlanib qolgan yagona Rim davri binosi boʻlgan mazkur maqbara miloddan avvalgi 3-asrda Rimlik erkak va uning rafiqasi uchun qurilgan[ iqtibos keltirish kerak ]. Ularning shaxsi sirligicha qolmoqda, ammo maqbarada ikkita sarkofag qoldiqlarini hamon saqlanmoqda.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk musulmonlar davrida musulmonlar janubiy devorga Makka yoʻnalishini koʻrsatuvchi mehrob (namoz oʻqish joyi) qoʻshishgan va bino „Maqom en-Nebi Yahyah“ („Yuhanno paygʻambar ziyoratgohi“) deb nomlangan islomiy muqaddas joyga aylantirilgan[1]. Muqaddasligi tufayli bino asrlar davomida saqlanib qolingan[2]. U 1948-yilda Falastinning Al-Muzayri’a qishlogʻida boʻlgan janglarga qadar, masjid sifatida faoliyat yuritgan.
1949-yil iyul oyida Isroil quruqlikdagi kuchlari binodan nishonga olish uchun foydalanganidan soʻng, Isroil hukumati maqbarani buzishga qaror qilgan. Biroq qadimiy majmualar inspektori vayronagarchilikni toʻxtatishga muvaffaq boʻlgan[3].
Hozirgi holati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mazor maqbarasi „milliy bogʻ“ deb eʼlon qilingan va hozirda Isroil Milliy bogʻlar boshqarmasi tasarrufi ostida[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Conder and Kitchener, 1882, SWP II, pp. 365-367
- ↑ „The Mazor Mausoleum“. Ministry of Tourism. Qaraldi: 2009-yil 13-yanvar.
- ↑ History Erased, by Meron Rapoport, Haaretz, 05.07.07
- ↑ „גן לאומי מאוזוליאום מזור – iNature“. inature.info.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Conder, C.R.; Kitchener, H.H.. The Survey of Western Palestine: Memoirs of the Topography, Orography, Hydrography, and Archaeology. London: Committee of the Palestine Exploration Fund, 1882.