Merksem
Merksem | |
---|---|
Tuman | |
51°14′35″N 4°26′28″E / 51.24306°N 4.44111°E | |
Mamlakat | Belgiya |
Region | Flanders |
Province | Antwerp |
Munitsipalitet | Antwerp |
Maydon | 8.42 km2 (3.25 kv mi) |
Aholisi (2021) |
44,808 |
Zichligi | auto kishi/km2 |
|
Merksem (ilgargi nomi: Merxem) – Belgiyaning Flamand viloyatidagi Antverpen munitsipalitetining tumani. 2021-yil holatiga koʻra, 44 808 nafar aholi istiqomat qiladi
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Merksem tarixi Gallo-Rim davriga borib taqaladi. Oʻsha davrda mintaqa Merk (chegara) va Heim (posyolka) Kamerijk yeparxiyasining bir qismi sifatida tilga olingan. Ispaniya davrida Merksem Dominium boʻlgan. 16-asrda Merksem Schotendan ajratilgan.
Oʻrta asrlarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taxminan 600-yilda franklar oʻsha paytda Merksemning eng baland nuqtasi boʻlgan mahalliy St. Bartolomey cherkovi yaqinidagi hududni mustamlaka qilishni boshlaganlar. 1561-yil may oyida Merksem va Schoten ikkiga boʻlindi.
Hozirgi Bredabaan (Breda yoʻli) Antverpen va shimolda joylashgan shaharlar oʻrtasida darvoza vazifasini bajargan. 1742-yilda yoʻl pullik yoʻlga aylantirilgan.
19-asr
[tahrir | manbasini tahrirlash]19-asrning boshlarida Merksemda taxminan 750 kishi yashagan. Mahalliy fermerlar, asosan, yaqin atrofdagi Antverpen shahrini somon bilan taʼminlab, Merksem aholisiga „stroboeren“ (somon dehqonlari) laqabini berishgan. 1874-yilda hudud sanoatlashgan boʻlib, yerning katta qismi SA Etablissements Industriels et Commerciaux de Merxem tomonidan sotib olindi.
20-asr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikkinchi jahon urushi paytida Merksem 1940-yil 20-maydan 1944-yil 4-oktyabrgacha fashistlar Germaniyasi qoʻlida boʻlgan. Mahalliy aholi siyosiy repressiyalar, deportatsiyalar, ochlik, portlashlar va hokazolardan aziyat chekkan[1][2].
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Delsey Airlines (VG Airlines) ning bosh ofisi Merksemda boʻlgan[3].
Sport va madaniyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sportpaleis va Lotto Arena Merksem tumanida joylashgan boʻlib, yirik sport tadbirlari, jonli musiqa va festivallarga mezbonlik qiladi. Merksemning futbol jamoasi – „SC City Pirates Antwerp“, Belgiyaning toʻrtinchi divizioni a'zosi.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Bouckenborgh qalʼasi
-
Kutubxona
-
Hokimiyat
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „De Jodenvervolging in België in cijfers“. Qaraldi: 2020-yil 30-aprel.
- ↑ „Breendonkgevangenen per gemeente“. Qaraldi: 2020-yil 30-aprel.
- ↑ "Contact us in Belgium:" Delsey Airlines. 3 December 2002.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Merksemning rasmiy sayti: http://merksem.antwerpen.be/MIDA (sayt golland tilida).
- Merksem haqidagi yangiliklar sayti: http://www.stroboerke.be (sayt golland tilida).