Kontent qismiga oʻtish

Mirzaahmad Qurbonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mirzaahmad Qurbonov
Tavalludi 1-yanvar 1949-yil (1949-01-01) (75 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi fizik olim
Sohasi fizika, pedagogika
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor,akademik

Mirzaahmad Qurbonov (1949-yil 1-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (2012), professor (2016).

Mirzaahmad Qurbonov 1949-yil 1-yanvar Toshkent shahrida ziyoli oilasida tugʻilgan[1]. 1972-yilda Toshkent davlat universiteti fizika fakultetini tugatgan. 1972—1981-yillarda ushbu universitetning „Umumiy fizika“ kafedrasi assistenti, 1988—2013-yillarda „Fizika oʻqitish uslubi va tarixi“ kafedrasi assistenti, dotsenti vazifasida faoliayt koʻrsatgan. 2013-yildan „Umumiy fizika“ kafedrasi professori.

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirzaahmad Qurbonov 1991-yilda nomzodlik ishini himoya qilgan, 1994-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. 2012-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini, 2016-yilda professor ilmiy unvonini olgan. 300 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 30 dan ortiq monografiya, darslik va oʻquv qoʻllanmalar muallifi.Turon fanlar akademiyasi prezidiumining qarori bilan 2023 yil 26 fevralda Akademik ilmiy unvoni va koʻkrak nishoni medali bilan mukofotlandi.

  1. Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.