Kontent qismiga oʻtish

Mirzo Fuzaylboy madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Mirzo Fuzaylboy madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Mirzo Fuzaylboy
Binokorlik tashabbuschisi Mirzo Fuzaylboy
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 25 ta


Mirzo Fuzaylboy madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Mirzo Fuzaylboy madrasasi Kalabod guzarida[1], Buxoro shahrida bunyod etilgan boʻlib, uchinchi darajali oliy toifaga mansub boʻlgan. Abdurauf Fitrat maʼlumotlariga koʻra madrasaning yillik vaqf mablagʻi 25 ming tangani tashkil etgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Vaqf hujjatida 1885-yil 7-may kuni valadi Mirzo Ubaydulloh Kalobod guzaridagi Labi hovuzda joylashgan madrasa uchun bir qator yerlarni vaqf qilgan. Madrasa uchun Komot tumanidagi Xoja Porso mavzesida 30 tanob xurri xolis yeri, Sariosiyo mavzesida bitta tegirmonini vaqf qiladi. Madrasa ikki qavatli boʻlib, 25 hujra, masjid, darsxona va maktabxonadan iborat boʻlgan. Madrasa gʻarbida guzarga qarashli maydon, shimoli, sharqi va janubida koʻcha mavjud boʻlgan. Madrasaga voqifning oʻzi mutavvali boʻlgan. Agar u vafot etsa, uning avlodlari ushbu vazifani bajargan. Olga Suxareva madrasada dars oʻtilmagani va u faqat yotoqxona vazifasini bajarganligi toʻgʻrisida maʼlumot bergan. Ehtimol inqilob arafasida madrasada taʼlim berish toʻxtab qolgan. Madrasaga oid yana uchta hujjat Abdusattor Jumanazarov tomonidan topib oʻrganilgan. Hujjatlarda madrasada faoliyat yuritgan mudarrislar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar mavjud. Jumladan mulla Muhammad Amin maoshi 7 tilla, mulla Nasriddin maoshi 10 tangani tashkil etgan[2]. Mir Kamol madrasasi 25 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.


  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.