Muhammad Maymurg‘iy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad Maymurg‘iy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis,roviy,faqih,voiz |
Muhammad Maymurg‘iy (arabcha: محمد ميمورغي — Muhammad Maymurg‘iy — Toʻliq ismi: Muhammad ibn Abu Abdulloh Maymurg‘iy (vafoti 396/1006-yil)) muhaddis,roviy,faqih, voiz.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Maymurg‘iy o‘z davrining mashhur faqih va voizlaridan biri bo‘lgan. Buxoroga borib, u yerdagi ustozlardan taʼlim olgan. Ko‘plab muhaddis va roviylardan hadislar rivoyat qilgan. O‘z navbatida undan ham ko‘plab allomalar hadis rivoyat qilgan. Shuningdek, jiyani — shogirdi Abdulaziz ibn Ahmad ibn Muhammad Buxoriy usul fiqh ilmida mashhur olim va muhaddis bo‘lib, amakisi undan hadis ilmini o‘zlashtirib bir qancha hadislar rivoyat qilgan. Manbalarda qayd etilishicha, alloma hijriy 396 robi’ul avval oyining avvalgi o‘n kunligida, milodiy 1006-yil dekabr' oyining boshlarida Buxoroda vafot etgan. Maymurg‘ qishlog‘iga olib kelib dafn etilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 363.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |