Mujgon Azimiy
Mujgon Azimiy | |
---|---|
Tavalludi |
21-avgust 1985-yil |
Janrlar | rok, pop, afgʻon folklor musiqasi |
Kasbi | qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, rassom |
Fuqaroligi | Shveysariya |
Mujgon Azimiy (forscha: مژگان عظیمی, inglizcha: Mojgan Azimi, 1985-yil 21-avgust, Hirot, Afgʻoniston) – forscha kuylovchi afgʻon qoʻshiqchisi va rassomi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mujgon Azimiy 1985-yil 21-avgustda Afgʻonistonning Hirot shahrida tugʻilgan. Azimiyning oilasi Afgʻonistondagi fuqarolar urushidan soʻng Eronga koʻchib kelishgan va dastlab Mashhad, keyinchalik esa Kirmon shahrida yashashgan. Qoʻshiqchi boshlangʻich va oʻrta taʼlimni Eronda olgan, shundan keyin oilasi bilan birga Germaniyaga koʻchib ketgan. Keyinchalik Azimiy oilasi Shveysariyaga koʻchib oʻtishdi. Hozirgi kunda qoʻshiqchi Shveysariyada yashaydi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Azimiy oʻzining rassomchilik faoliyatini 10 yoshida moyboʻyoqda rasm chizish bilan boshlagan. Keyinchalik Azimiy klassik gitara chalishni oʻrgandi va 18 yoshigacha vokal saboqlarini olgan. „Ayeh“ va „25 years“ qoʻshiqlarini 2018-yilda Eronda yozgan[1]. „Ayeh“ klip uning birinchi professional ishi hisoblanadi. Klipda ayollarning huquqlari qoʻllab-quvvatlanib, Afgʻonistondagi urf-odatlar va ulardagi gender kamsitilishlar qoralangan[2][3][4][5][6]. 2018-yil kuz oyining boshlarida uning „Hakeman“ qoʻshigʻi chiqadi. Qoʻshiq 2018-yilgi San Francisco Rumi International Music Awardsda eng yaxshi qoʻshiqchi, eng yaxshi musiqa, eng yaxshi qoʻshiqnavis nominatsiyalarida birinchi oʻrinnin qoʻlga kiritgan[7][8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „از دو سوی آمو: از بزکشی شبنم تا ۲۵ سال مژگان و اواب“. BBC Persian (2018-yil 22-fevral).
- ↑ „نماهنگ جدید مژگان عظیمی درباره تبعیض جنسیتی علیه زنان در ایران و افغانستان“. Voice of America (2020-yil 18-aprel).
- ↑ „نماهنگ جدید مژگان عظیمی درباره تبعیض جنسیتی علیه زنان دراگر تن بدهی دل ندهی کار خراب است“. kurdistan24 (2018-yil 12-mart).
- ↑ „مژگان عظیمی، خواننده افغان: جهان بر دخالت ایران و در افغانستان نظارت کند“. Voice of America (2021-yil 14-avgust).
- ↑ „ترانهی یک خواننده افغان، بیانگر تبعیض و سرکوب زن ایرانی نیز هست“. voice of Israel (2018-yil 17-iyun).
- ↑ „مژگان عظیمی خواننده جوان که روزها در افغانستان و ایران محبوبیت بسیاری دارد“. Iran International (2018-yil 22-oktyabr).
- ↑ „ترانه "حاکمان" با صدای مژگان عظیمی خواننده افغان“. Melliun (2017-yil 8-oktyabr).
- ↑ „اگر تن بدهی دل ندهی کار خراب است“. kurdistan24 (2018-yil 24-mart).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mujgon Azimiy Instagram sahifasi