Mushuklar boshpanasi
Taʼrif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mushuklar boshpanasi – bu mushuklar saqlanadigan, parvarish qilinadigan, oʻrni kelganda esa koʻpaytirish uchun ham xizmat qiladigan bino yoki binolar toʻplamiga aytiladi. Mushukxona yaʼni mushuklar boshpanasi videokuzatuv kameralari, televizorlar va suv jihozlari bilan jihozlangan eng soʻnggi sharoitlardan tortib xattoki, uy mushuklari uchun yaratilgan har qanday qulayliklargacha boʻlishi mumkin. Yaxshi sharoitga ega boʻlmagan muassasalarda mushuklar shiypon, garaj yoki alohida turar joylarga joylashtiriladi. Mushuklar boshpanasi binolari asosan yogʻoch va simli toʻrdan yasalgan va tom qismi yopilgan qushxonalarga oʻxshash tarzda quriladi.
Mushukxona
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu yerda mushuklar vaqtinchalik haq evaziga joylashtiriladi. Garchi koʻpchilik hayvonlarda notanish muhitga moslashishdan stress holatlari kelib chiqishi kuzatilsa-da, koʻpchilik mushukxona shu stressni kamaytirish uchun xizmat qiladi. Koʻpgina mushukxonalarda odatda ular uchun tanish boʻlgan buyumlar boʻladi. Masalan, daraxtlar, osilib chiqish uchun ramkalar, tirnalgan ustunlar va kun davomida mushuklar uxlash uchun joylar, koʻrpa va oʻyinchoqlar ham mavjud boʻladi. Baʼzi hollarda esa mushuklarni begona joyda parvarish qilish uchun tirnoqlarini kesishni ham tavsiya etishadi.
Umumiy mushukxonalarda bir qator aralash xonalar boʻlib, u yerda yashovchi mushuklar birgalikda ovqatlanishadi va oʻrni kelgan joylarda uxlashadi. Umumiy mushukxonalar eng koʻp janjallarga ega boʻlgan va kasallik nazorat qilinmasa, oson tarqaladigan joylardir. Bu yerda mushuklarning toʻgʻri ovqatlanayotganligini tekshirishning hech qanday usuli yoʻq. Bundan tashqari hojatxonaga borishni va birgalikda ovqatlanish kabi jarayonlarni kuzatishning imkoni yoʻq va bu esa kasalliklarning keng tarqalishiga olib kelishi mumkin va bu kasalliklarni oldini olish jarayoni qiyinlashishiga olib keladi. Kommunal chorvachilik hayvonlarning sayr qilish va oʻynash uchun ancha kengroq maydonga ega boʻlishidan foyda koʻradi. Bu odatda, internat uyining eng arzon shakli hisoblanadi.
Yarim kommunal mushukxona
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alohida qafaslari va katta oʻyin maydonchalariga ega boʻlgan yarim kommunal internatlar asosan uy ichida joylashgan boʻladi. Mas’uliyatli yarim kommunal internat mushuklarining egalari ularni qafasda boqadi, tunda oila aʼzolaridan ajratadi va hojatxonalarini alohida tarzda shakllantiradi. Bunday tarzda boqilgan mushuklarga muayyan parhezlar qoʻllanishi va dori-darmonlar berilishi mumkin. Umumiy ovqatlanish joylarida mushuklar uchun alohida oʻyin maydonlari tashkillashtirilgan bu esa kasallikning tarqalishini sezilarli darajada kamaytiradi. Xattoki katta ichki xonalarda ventilyatsiya tizimi shakllantirilgan boʻladi.
Individual mushuklar boshpanasi. Bu binolar asosan maqsadli qurilgan boʻlib, nomidan ham koʻrinib turibdiki, bu mushuklar uchun alohida binolar tizimidir. Qushxonaga oʻxshash, ular juda katta ob’ekt ichidagi toʻrli xonalardan iborat boʻlib, havo kirishi uchun ochiq joyga ham ega boʻladi. Ular ajoyib shamollatish tizimiga ega va kasallikning yuqish darajasi boshqa internatlar orasida eng kami hisoblanadi. Yarim kommunal internatlarda boʻlgani kabi, individual mushuklar maxsus ham parhezlar bilan oziqlanishi va hojatxonani kuzatishi va kerak boʻlganda dori-darmonlar bilan ham shugʻullanishi mumkin. Oilaviy boʻlmagan mushuklarning aralashish ehtimoli yoʻq va toʻlib ketish ehtimoli ham sezilarli darajada kam. Mushukxonalar yuqori narxga ega va narxlash tizimining eng yuqori oʻrinlarida joylashgan.
Anʼanaviy mushuklar boshpanasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anʼanaviy mushuklar boshpanasi- sotish va daromad olish uchun qimmatbaho uy mushuklarini koʻpaytirishga ixtisoslashtirilgan joy hisoblanadi. Anʼanaviy uy hayvonlari boshpanasida, uy hayvonlari shifoxonalari yoki baʼzi internatlardan farqli oʻlaroq, alohida davolash, choʻmilish va nasl qoldirish kabi jarayonlarga yetarli sharoitlar yaratilmagan. Koʻpgina naslchilik ishlari bilan shugʻullanuvchi internatlar nasl qoldirish uchun oddiy turar-joylardan foydalanishadi. Mushuklarni sotib olish va sotish uchun ular maxsus veb-saytlar, onlayn bozorlar yoki uy hayvonlari savdosi bozoridan foydalanadilar va kamdan-kam hollarda ular mushuklarni uy hayvonlari doʻkonlariga sotadilar.
Litsenziyaga ega boʻlgan mushuklar boshpanasi qattiq nazoratga olinadi va ular tegishli hukumat qonunlariga rioya etishlari shart deb belgilanadi. Mushuklarning zotlari klubi aʼzolari umumiy axloq kodeksiga va har bir zotga tegishli boʻlgan koʻrsatmalarga amal qilishlari kerar[1]. Mushuklarning zotlari kabi klublar mushukchalar uchun roʻyxatga olish hujjatlarini berishdan oldin bajarilishi kerak boʻlgan mezonlarni ham belgilashlari mumkin. Misol uchun, Pitomnik nomi yoki pitomnik prefiksi har bir naslli mushuk bilan bogʻliq boʻlgan ismi boʻlib bu nasldor mushukning roʻyxatdan oʻtgan nomining birinchi qismidir.
Amerika Qoʻshma Shtatlarida mushuklar va itlar internatlaridagi uy hayvonlarini uy-joylarga joylashtirish va ularni litsenziyalashni oʻz zimmasiga olgan[2]. 2007-yildagi bozor tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki, yuqorida keltirilgan xizmatlar uchun 3,0 milliard dollar sarflangan. 2007—2008-yillardagi soʻrov natijalariga koʻra esa AQSH mushuklar egalari uchun yillik koʻrsatkich 149 dollarni tashkil etgan[3].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hayvonlar boshpanasi
- Uy hayvonlari boshpanasi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „CFA Breeder Code of Ethics“ (en). The Cat Fanciers Association. Qaraldi: 2022-yil 2-dekabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Snohomish County, WA - Official Website - Official Website“. snohomish.wa.us. 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 5-avgust.
- ↑ „Industry Statistics & Trends“. American Pet Products Manufacturers Association, Inc. 2008-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 26-iyul.