Kontent qismiga oʻtish

Najmiddinov Shokir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Najmiddinov Shokir (1903.15.1 -Toshkent — 1990.19.10) — aktyor, suflyor. Oʻzbekiston xalq artista (1970). Ijodini 1918-yil havaskor aktyor sifatida boshlagan. 1919—1922, 1924—1927, 1934—1957-yillar Hamza teatrida aktyor, 1957—1975-yillar suflyor. Buxoro va Toshkent madaniy oqartuv muassasalarida ishlagan. N. epizodik rollar ustasi boʻlib, uning ijodi kuchli psixologik dramatizmi bilan ajralib turadi. Sulaymon, Asqar (U. Hojibekov, "Arshin mol olon"), Karimbaxshi, Arslon (Fitrat, "Hind ixtilochilari", "Arslon"), Ortiqboy (Gʻ. Zafariy, "Halima"), Ishchi (U. Ismoilov, "Rustam"), Rodrigo (U. Shekspir, "Hamlet"), Yusufjon (K. Yashin, "Xolisxon"), Domla (Oybek, "Qutlugʻ qon") va boshqa uning sahnada yaratgan obrazlaridan namunalaridir[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil