Namuna mahallasi
Qiyofa
„Namuna“ mahallasi (Chuvalachi koʻchasi) – Sobir Raximov tumanidagi mahalla. „Xonchorbog“, „Qorasaroy“, „Taxtapul“, „Xastimom“, „Sebzor“, „Yangi Sebzor“ mahallalari bilan chegaradosh. Mahalla 1998-yil qadimiy mahallalar: Xasanboy, „Birlik“, „Qaduvod“, Nodira, Qahramon, „Namuna“ va „Hovuzboʻyi“ mahallalarining birlashuvidan tashkil topgan. Aholisi 6590 kishi, asosan (95%) oʻzbeklar(2008). Mahalla hududida qadimiy obidalardan Koʻktonliota maqbarasi joylashgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.