Natanel Berton
Nathanaël Berthon | |
---|---|
Berthon Team Aguri jamoasi uchun Donington Parkdagi poygada ishtirok etmoqda. | |
Millati | fransuz |
Tugʻilgan joyi |
1-iyul 1989-yil Romagnat, Fransiya |
Musobaqalarda faoliyati | |
Debyut mavsumi | 2012 |
Hozirgi jamoa | Daiko Team Lazarus |
Avtomobil raqami | 26 |
Sobiq jamoasi |
Trident Racing Racing Engineering |
Startlar | 87 |
Gʻalabalar | 1 |
Pole pozitsiyasi | 0 |
Tez aylanishlar | 2 |
Nathanaël Berthon (1989-yil 1-iyul Romagnat shahrida tugʻilgan[1]) — fransiyalik professional poygachi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Karting
[tahrir | manbasini tahrirlash]Berthon oʻzining xalqaro kartingdagi faoliyatini 2006-yilda boshlagan. Eng yaxshi natijalari Copa Campeones Trophy ICA toifasida uchinchi oʻrin va Fransiya chempionati Elita toifasida beshinchi oʻrin. Keyingi yili u yana bir bor Fransiya chempionatining Elita toifasida beshinchi oʻrinni egalladi. Shuningdek, u Janubiy Gar qishki kubok bahslari hisoblangan KF1da sakkizinchi va KF1 jahon kubogi poygalarida 13-o‘rinni egalladi.
Formula Renault 2.0
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yilda Berthon Formula Renault 2.0 Gʻarbiy Yevropa kubogida Boutsen Energy Racing jamoasi safida ishtirok etgan. Bir qancha Eurocup Formula Renault 2.0 seriyalarida qatnashgan. Keyinchalik bir oʻrindiqli avtomoil poygalariga oʻtdi. Nathanaël Berthon Gʻarbiy Yevropa kubogida toʻrt marotaba oʻrin oldi. Gʻarbiy Yevropa kubogida toʻqqiz ball jamgʻarib, 18-oʻrinni egallagan. Yevrokubokda esa yaxshi natija qayd eta olmadi. Uning eng yaxshi poyga natijasi Nyurburgring saralash bahslari qayd etildi. Ushbu poygada Berthon 12-oʻrinni egallagan.
Berthon 2009-yil mavsumda Boutsen Energy Racing jamoasi bilan shartnomasini uzaytiramadi. U Ispaniyaning Epsilon Euskadi jamoasi uchun poygalarda ishtirok eta boshladi. Jamoadoshi Albert Costa texnik qoidabuzarlik uchun diskvalifikatsiya qilinganidan keyin u Barselonadagi ilk Yevrokubok poygasida ishtirok etdi va gʻalaba qozondi.[2] Shundan so‘ng u Hungaroring poygasida yana bir bor shohsupaga ko‘tarildi. Turnirning yakuniy jadvalida oltinchi o‘rinni egalladi[3].
Formula 3
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yil iyul oyida Berthon Formula 3da ART Grand Prix jamoasi tarkibida debyutini oʻtkazdi. U Spa-Francorchampsda boʻlib oʻtgan Britaniya Formula 3 chempionatida ham ishtirok etdi. Dam olish kunlaridagi sprint musobaqasida 13-oʻrinni egalladi.
Formula E
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil 17-oktyabrda Berthon 2015-2016-yilgi mavsumda Antonio Feliks da Kosta bilan Aguri jamoasida hamkor boʻlishini eʼlon qilindi[4].
Natijalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Umumiy natijalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Formula Renault 3.5 Series
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Jamoa | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | Oʻrin | Ball |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2010 | International Draco Racing | ALC 1 I/E |
ALC 2 3 |
SPA 1 I/E |
SPA 2 10 |
MON 1 I/E |
BRN 1 8 |
BRN 2 2 |
MAG 1 9 |
MAG 2 1 |
HUN 1 I/E |
HUN 2 13 |
HOC 1 9 |
HOC 2 3 |
SIL 1 I/E |
SIL 2 I/E |
CAT 1 6 |
CAT 2 12 |
7th | 60 |
2011 | ISR | ALC 1 12 |
ALC 2 8 |
SPA 1 14 |
SPA 2 16 |
MNZ 1 I/E |
MNZ 2 I/E |
MON 1 10 |
NÜR 1 I/E |
NÜR 2 I/E |
HUN 1 9 |
HUN 2 10 |
SIL 1 4 |
SIL 2 3 |
LEC 1 14 |
LEC 2 14 |
CAT 1 9 |
CAT 2 I/E |
13 | 37 |
Izoh: I/E — ishtirok etmadi
GP2 Asia Series
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Jamoa | 1 | 2 | 3 | 4 | DC | Ball |
---|---|---|---|---|---|---|---|
2011 | Racing Engineering | YMC FEA I/E |
YMC SPR 14 |
IMO FEA I/E |
IMO SPR 13 |
23 | 0 |
Izoh: I/E — ishtirok etmadi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Nathanaël Berthon“. gt-driverproject.fr. GT Driver Project. Qaraldi: 2009-yil 8-dekabr.
- ↑ „Albert Costa disqualified, Nathanaël Berthon is winner“. renault-sport.com. Renault Sport (2009-yil 19-aprel). Qaraldi: 2009-yil 7-dekabr.
- ↑ „Formula Renault 2.0 Eurocup 2009“. driverdb.com. Driver Database. Qaraldi: 2009-yil 7-dekabr.
- ↑ „Formula 3 chargers ready for Spa battle“. British Formula 3 Championship. Stéphane Ratel Organisation (2010-yil 22-iyul). Qaraldi: 2010-yil 3-avgust.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Natanel Berton Twitter sahifasi