Nazrul Islom maqbarasi
Nazrul Islom maqbarasi | |
---|---|
কাজী নজরুল ইসলামের সমাধিসৌধ | |
Maqbara xalq shoiri Nazrul Islomning oromgohi. | |
Umumiy maʼlumot | |
Turi | maqbara |
Joylashuvi | Daka universiteti, Shohbogʻ, Dakka |
Mijoz | Bangladesh hukumati |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor | Muzharul Islom |
Nazrul Islom maqbarasi |
Nazrul Islom maqbarasi Bangladeshning Dakka shahridagi maqbara. U yerda 20-asr yozuvchi, shoir va musiqachisi, Bangladesh milliy shoiri Nazrul Islomning qabri joylashgan. Nazrul Islom 1976-yil 29-avgustda vafot etgan.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bangladesh 1971-yil 16-dekabrda mustaqillikka erishgan. Keyin 1972-yil 24-mayda Hindiston hukumatidan ruxsat olib, oʻsha paytdagi Bosh vazir Shayx Mujibur Rahmon Qozi Nazrul Islom va uning oilasini Kalkuttadan Dakkaga olib kelingan[1]. Shundan soʻng, shoir oilasi bilan Bangladeshda yashay boshlagan. U „Mosjideri Pashe Amay Kobor Diyo Bhai, Jeno Gore Thekeo Moazziner Azan Shunte Pai“ soʻzlari bilan qoʻshiq yozgan (soʻzma-soʻz 'Meni masjid yoniga dafn et, birodar, toki muazzindan azon ovozini eshitib yotay.')[2]. U 1975-yil 23-iyulda Dakkadagi PG kasalxonasiga (hozirgi Bangabandhu Shayx Mujib tibbiyot universiteti) yotqizilgan. 1976-yil 18-fevralda fuqarolikni olgach, uning jismoniy holati yomonlasha boshlagan. 1976-yil 29-avgustda vafot etganidan soʻng, u yozgan qoʻshiqdagi shoirning xohishiga koʻra, 1966-yilda tashkil etilgan, Dakka universitetining markaziy masjidi boʻlgan masjid yoniga dafn qilingan[3][4].
Nazrul Islom qabri hududini maqbaraga aylantirish loyihasining tamal toshi 1999-yil 25-mayda qoʻyilgan. Maqbara 2009-yil 27-avgustda oʻn yildan soʻng Bosh vazir Shayx Hasina tomonidan ochib berilgan[5]. 2011-yil 16-fevralda Gʻarbiy Bengaliyalik Jaynath Nandi va Debashish Bhattacharya ismli ikki kishi Churuliyada joylashgan Nazrul Islomning rafiqasi Pramila Kazining qabridan tuproq olib velosipedda Bangladeshga sayohat qilishgan. 28-fevral kuni ular oʻsha tuproqni Qozi Nazrul Islom qabri ustiga sochishgan[6]. Muzharul Islom tomonidan loyihalashtirilgan maqbara majmuasiga Qozi Nazrul Islom, Zaynul Abedin, Quamrul Hassan, Muzaffar Ahmad Chowdhuri va Abdul Matin Choudhuri qabrlari joylashtirilgan[7].
23°44′06″N 90°23′42″E / 23.7350638°N 90.3949814°E
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ফুলে ফুলে ভরে গেল কবির সমাধি“. Prothom Alo (2019-yil 27-avgust). 2022-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
- ↑ Shah Matin Tipu. „‘মসজিদেরই পাশে আমার কবর দিও ভাই’“ (bn). Risingbd.com (2014-yil 27-avgust). 2022-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
- ↑ Hasan. „যে মসজিদের পাশে শায়িত কবি নজরুল“ (bn). Bangla Tribune (2021-yil 5-iyun). 2022-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
- ↑ Zaman. „ঢাকায় নজরুল, নজরুলের ঢাকা“ (bn). Sarabangla.net (2022-yil 24-may). 2022-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
- ↑ „নজরুলের সমাধি সৌধ উদ্বোধন“ (bn). Deutsche Welle (2009-yil 27-avgust). 2022-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
- ↑ „নজরুল সমাধিতে প্রমীলা কাজীর কবরের মাটি“ (bn). Banglanews24.com (2011-yil 28-fevral). 2022-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
- ↑ „DU to build mausoleum on grave of Nazrul“. The Daily Star (2008-yil 9-noyabr). 2022-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.