Nemet Dyula
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
NEMET (Nemeth) Dyula (1890.2.11, Karsag) — venger sharqshunosturkshunosi. Vengriya Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1922), akademik (1935), filologiya fanlari doktori (1916), Budapesht universitetining professor (1916—64), Bolgariya Fanlar akademiyasi va GDR Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1954; 1955), Londondagi qirollik Osiyo jamiyatining faxriy aʼzosi (1955). Turkiya, Qrim, Kavkaz (qumuqlar) va Volga boʻyi xalqlari (chuvashlar)ning tillari, folklori, adabiyoti va etnografiyasini oʻrganish boʻyicha katta tadqiqotlar olib borgan. Runiy yozuv yodgorliklarini sharhlashdagi xizmatlari bilan turk-shunoslik faniga munosib hissa qoʻshdi. U venger runiy yozuvlarining 16 belgisi turkiy runiy yozuvlarining tegishli belgilariga juda yaqinligini, Talas vodiysidagi turkiy yozuv yodno-malari bilan qariyb oʻxshashligini aniqladi. Shuningdek, N. Urxun yozuvlarining oʻqilishiga ham tuzatishlar kiritgan. Uning "Usmoniy turk grammatikasi" asari turk tili boʻyicha muhim qoʻllanmadir. Bu kitob 1962-yilda ingliz tilida ham nashr etilgan. N.ning turkiy lahjalar boʻyicha koʻp yillik tekshirishlarining yakunlari yirik asari — "Vidin turklari"da berilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |