Neorealizm (oqim)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Neorealizm (neo... va realizm) — 20-asr ingliz falsafasidagi qukmron oqim. Kembrij shahrida 1903-yilda ingliz faylasufi J. Mur (1873—1958) asos solgan. N. neogegelchilikka, ayrim falsafiy masalalarni spekulyativ ishlab chiqishga qarshi qaratilgan boʻlib, uning vakillari bu masalalarni man-tiqiy tahlil vositasi bilan, yaʼni ta-biatshunoslik uslubi bilan hal qilishga urinadilar. Falsafa tizim sifatida rad etiladi. Falsafiy qiziqishlari markazida mantiq, bilish nazariyasi, biologiya va fizika turgan. J. Murdan tashqari, N.ning vakillari S. Aleksander, ingliz faylasufi Ch. D. Broud (1887—?), S. L. Morgan, B. Rassel, ingliz-amerika faylasufi A. N. Uaytxed (1861 — 1947) va boshqadir. Neore-alistlar ikkinchi guruhining rahbari ingliz faylasufi A. Ayer (1910— 89) boʻlib, neopozitivizmga yaqin turadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |