Nikolay Shchedrin
Nikolay Nikolayevich Shchedrin (1891.21.9, Pskov viloyati — 1974.7.12, Leningrad) — elektrotexnika sohasidagi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1947), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1950), texnika fanlari doktori (1946), professor (1941). Petrograd politexnika institutini tugatgan (1922). Muhandisloyihachi (1922—23), ilmiy pedagogik ishlar bilan shugʻullangan (1924—34). 1943-yildan Leningrad politexnika institutining Toshkent filialida Farhod GESning parallel ishlash turgʻunligini aniqlash ishiga rahbarlik qilgan. Leningrad politexnika institutida professor (1944). Ilmiy ishlari, asosan, katta energetika sohasi — elektr tizimlarining noturgʻun rejimlari masalalariga oid. III. elektr energiyasining muhim masalalari boʻyicha nazariy va amaliy ishlarga asos solgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |