Nishon choʻli
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nishon choʻli - Qashqadaryo viloyatining jan.-gʻarbiy qismida (Qarshi choʻlining jan.da)gi choʻl. Yer yuzasi tekislik va qirlar (Qoraqir, balandligi 500 m gacha, Doʻltalitogʻ, balandligi 510 m gacha, Alouddintogʻ, balandligi 485 m gacha) dan iborat. Qirlar vaqtincha suv oquvchi soy va jarliklar bilan parchalangan. Qoraqirning soy va jarlar bilan zich va chuqur kesilgan sharqiy qismi "Sakson-dara" deb ataladi. Tekislik qismida taqirlar ham uchraydi. Choʻlning tekislik qismi toʻrtlamchi davr, qirlar esa boʻr va paleogen davrlari togʻ jinslaridan tuzilgan. Iqlimi keskin kontinental.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |