Kontent qismiga oʻtish

Nishotiy Muhammadniyoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nishotiy Muhammadniyoz
Tavalludi XVIII asr
Kasbi Shoir

Nishotiy Muhammadniyoz (XVIII asr, Xorazm) – shoir.

Xiva madrasalarida oʻqigan. Xorazm xonligida siyosiy ahvol ogʻirligi tufayli Nishotiy Buxoroga kelgan, gʻariblik va muhtojlikda yashagan. Adabiy merosi „Husnu Dil“ dostoni, „Qushlar munozarasi“ manzumasi hamda 1500 misra sheʼr – 38 gʻazal, 14 muhammas, 1 qasida va musaddasdan iborat. Lirikasi dunyoviy muhabbat mavzuida. Unda shoir oʻz kechinmalari, zamona xaqidagi fikr-mulohazalarini ifodalagan, vafo, sadoqat, goʻzallik va nafosatni kuylagan. „Qushlar munozarasi“da 14 xil qushning oʻzaro bahs-u munozaralari orqali oʻsha davrdagi ijtimoiy tuzumga xos illatlar, jaholat, mansabparastlik va boshqa majoziy shaklda tanqid qilingan, mehnat ahlining kamtarligi ulugʻlangan. „Husnu Dil“ dostoni (1779) – shoir ijodining choʻqqisi. U Sharq xalqlari orasida mashhur syujet asosida nazmda yaratilgan. Doston 15584 misra, 62 bobdan iborat. Anʼanaviy kirish (1—5-boblar)dan soʻng shoir oʻzi xaqida, dostonning yozilish sabablari, soʻz va uning qudrati, hamsanavislar (Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqalar) haqida fikr yuritgan. Asosiy qism 11-bobdan boshlanadi va asar xotima bilan yakunlanadi. Yetakchi mavzui – sevgi. U Husn va Dilning murakkab sarguzashtlarida oʻz aksini topgan. Aql, Ishq, Vafo, Mehr, Nomus, Himmat, Sabr, Raqib kabi obrazlarda kishilardagi muayyan xususiyatlar ifodalangan. Doston Husn va Dilning toʻy tantanasi, yaʼni ezgulikning smonlik ustidan gʻalabasi bilan tugaydi. Ayearda Vatanni sevish, xalqparvarlik, maʼrifat va adolat, mardlik, sevgi-sadoqat, yaxshi xulq-odob kabi gʻoyalar ilgari surilgan[1].

Doston qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. № 1198, 7013, 1997, 1666, 1027), Sam-DU (inv. № 21828) qoʻlyozma fondlarida saqlanadi.

  • Abdullayev V., Xoksor va Nishotiy, Samarqand, 1960;
  • Oʻzbek adabiyoti tari-xi |5 j.li], 3-j., T., 1978;
  • Tanlangan asarlar, T., 1960;
  • Husn va Dil, Lirika, T., 1967.
  1. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.