Kontent qismiga oʻtish

Noa Potxoven

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Noa Potxoven
Tavalludi 2001-yil 18-dekabr
Vafoti 2-iyun 2019-yil
 Niderlandiya

Noa Potxoven (niderl. Noa Pothoven; 2001-yil 18-dekabr, Arnem va Gelderland, Niderlandiya – 2019-yil 2-iyun, Niderlandiya) – gollandiyalik faol, oʻlim huquqi uchun kurashuvchi, ruhiy salomatlik haqida kitob muallifi[1]. Uning oʻz joniga qasd qilishi butun dunyoda katta aks-sado uygʻotgan.

Noa hayotining aksariyat qismini uzoq davom etgan tushkunlik va ruhiy zarbadan keyingi iztiroblar bilan oʻtkazgan. U doimiy ravishda vahima holatlaridan aziyat chekkan, shuningdek asab tizimidagi muaommo tufayli ishtaha yoʻqolishidan aziyat chekkan. 11 yoshida u maktabda boʻlib oʻtgan bauram kechasida jinsiy tajovuzga uchragan. 14 yoshida esa ikki erkak tomonidan zoʻrlangan. Noa bu haqda hech kimga aytmagan, hatto ota-onasi ham uzoq vaqt davomida sodir boʻlgan zoʻrlash haqida bilishmagan[2]. Onasi bu haqda Noaning oʻz joniga qasd qilish arafasida yozgan xayrlashuv maktublaridan birida oʻqigan.

Noa ogʻir reabilitatsiya kursini oʻtagan, ammo ahvoli yaxshilanmagan, aksincha unda aybdorlik hissi rivojlangan. U „Gʻalaba qozonish yoki saboq olish“ nomli kitob yozib, unda oʻzining barcha azob-uqubatlari va kulfatlarini tasvirlagan. Kitob muvaffaqiyat qozongan[3][4], ammo bu Noaga yengillik keltirmagan. 17 yoshga toʻlganidan soʻng, Noa mustaqil ravishda Gollandiya klinikalaridan biriga evtanaziya iltimosi bilan murojaat qilgan. Shifokorlar uni bunday qaror qabul qilish uchun juda yosh deb topib, 21 yoshga toʻlgunga qadar kutishni tavsiya etishgan.

Noa Potxoven 2019-yil 2-iyunda vafot etgan, qizning oʻlimi haqida singlisi xabar bergan. Noa dastavval suv va ovqatdan voz kechib, oʻzini ochlikdan oʻlguday holga keltirgan. Ota-onasi va shifokorlar Noani uning xohishiga qarshi davolamaslikka rozi boʻlishgan[5][6]. Uning oʻlimidan soʻng, koʻplab Gollandiya va jahon ommaviy axborot vositalari Noaning oʻlimi faol evtanaziya natijasida sodir boʻlgan deb notoʻgʻri xabar tarqatishgan[7][8][9][10][11][12].

Rim papasi Fransisk Noaning oʻlimiga shunday munosabat bildirgan: „Evtanaziya va oʻz joniga qasd qilishga koʻmaklashish – barchamiz uchun magʻlubiyatdir. Biz azob chekayotganlarni hech qachon tark etmasligimiz, taslim boʻlmasligimiz, aksincha umidni tiklash uchun gʻamxoʻrlik qilishimiz va sevishimiz kerak“[13].

  1. Senay Boztas.. „Award-winning teen writer Noa Pothoven chooses to die due to 'unbearable suffering'“. Dutch News (2019-yil 5-iyun). 2019-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-yanvar.
  2. Evtanaziya, kotoroy ne bilo: Kak SMI po vsemu miru pisali o smerti 17-letney Noa Potxoven
  3. Pim Roelofs.. „Noa wint prijzen met boek over depressies en anorexia“ (nl) (2019-yil 23-mart). 2019-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-yanvar.
  4. „Uitreiking van de publieksprijs en vakjuryprijzen BoekGoud 2018“ (nl). Boukgoed (2019-yil 22-mart). 2019-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-yanvar.
  5. „В Нидерландах умерла 17-летняя девушка, которая добивалась права на эвтаназию. В 14 лет она стала жертвой изнасилования“. 2019-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-yanvar.
  6. „Изнасилованная девушка добровольно лишила себя жизни: кому нужна эвтаназия“. 2019-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-yanvar.
  7. Shannon Bakker.. „NUcheckt: Dood Nederlands meisje werd onterecht euthanasie genoemd“ (nl). NU (2019-yil 5-iyun). 2019-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-yanvar.
  8. Jon Henley.. „Dutch girl was not 'legally euthanised' and died at home“ (2019-yil 5-iyun). 2019-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-yanvar.
  9. „Media misreport Dutch teen Noa Pothoven's death as euthanasia“. Deutsche Welle (2019-yil 5-iyun). 2019-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-yanvar.
  10. Odero Charles.. „Court allows teenager who was raped by two men to legally end her life“. Standard Digital (2019-yil 5-iyun). 2019-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-yanvar. „Noa approached a euthanasia clinic in December and was granted euthanasia because her case met all the conditions required by law since the practice was legalised in the Netherlands in 2002.“.
  11. „সরকারি তত্ত্বাবধানে নয়, বাড়িতেই মৃত্যু নোয়ার“ (deadlink). Anandabazar Patrika (2019-yil 5-iyun). 2019-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-iyun.
  12. „শৈশবে ধর্ষণের মানসিক যন্ত্রণা সহ্য করতে না পেরে আত্মহত্যার পথ বেছে নিলেন যুবতী“ (oʻlik havola — tarix ). News18 Bangla (2019-yil 5-iyun). Qaraldi: 2019-yil 18-iyun.
  13. „Выжить нельзя умереть: честная история Ноа Потховен“. 2020-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-yanvar.