Kontent qismiga oʻtish

Nomlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nomlar (yun. nomos — mamlakat, vi-loyat, okrug) — Qad. Misrdagi maʼmuriy okrug (misrcha — "sepat"). Misr davlati yagona irrigatsiya tizimini barno etish va ishlashi uchun zarur boʻlgan siyosiy birlashmalar — N.dan tashkil topgan edi. Har bir N.ning aniq belgilangan chegarasi, siyosiy va diniy markazi, qoʻshini, gerbi va homiy xudolari boʻlgan. N.ning maʼmuriy appa-rati nomarxga boʻysungan. Podshohlardan Snofru va Neuserra (IV va V sulolalar) ibodatxonalarida 97 ta Qad. podsholik (miloddan avvalgi 28—23 a.lar) N.ining roʻyxati keltirilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil