Kontent qismiga oʻtish

Norin GESlar kaskadi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Norin GESlar kaskadi – Namangan viloyati Uychi tumanidan oqib oʻtuvchi Norin daryosida qurilayotgan Oʻzbekistondagi „birinchi Milliy GES“[1]. Ushbu GESlar kaskadi „Oʻzbekgidroenergo“ AJ tomonidan toʻliq moliyalashtirilgan GES hisoblanadi. Umumiy hisobda daryoda 6 ta gidroelektr stansiya qurilishi rejalashtirilgan.

Namangandagi girdoelektr stansiyalar kaskadidagi birinchi GES uchun suv toʻsish inshooti qurilishining asosiy rejasi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2024-yil PQ-104-son qaroriga asosan loyiha qurilishi mart oyida boshlangan[2]. Kaskad qurilishiga Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan start berilgan[3][4][5]. Obyektdagi qurilish ishlari hozirda „Toʻpalang Holding“ pudratchi tashkiloti tomonidan amalga oshirilyapti. Loyihada Namangan viloyati Uychi tumanidan oqib oʻtuvchi Norin daryosida umumiy quvvati 228 megavattni tashkil etadigan 6 ta GES qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu gidroelektr stansiyalar kaskadida qurilishi rejalashtirilgan har bir gidroelektr stansiyaning quvvati 38 megavattni tashkil etadi. Har bir gidroelektr stansiyada 4 tadan har birining quvvati 9.5 megavatt boʻlgan gidroagregat oʻrnatilishi rejalashtiriligan[6]. Bunga qadar Namangan viloyatining umumiy generatsiya quvvati 913 megavattni tashkil etgan[7]. GESlar qurilishi natijasida 1 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi, 310 million metr kub gaz iqtisod qilinishi hamda ishlab chiqarilgan elektr energiyaning 430 ming xonadonni taʼminlashi rejalashtirilgan. Ushbu kaskad qurilishida ishlatilayotgan har bitta gidroagregat „Oʻzbekgidroenergo“ AJ, Zhejiang Jinlun Electromechanic Co. Ltd. hamda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan UGE-JINLUN qoʻshma korxonasi bilan hamkorlikda ishlab chiqariladi[8]. Loyihaning umumiy qiymati 428.5 mln dollarni tashkil etadi. Ushbu loyiha 2028-yilgacha toʻliq yakunlanishi rejalashtirilgan[9].

Namangandagi GESlar kaskadi qurilish jarayoni
  1. „Shavkat Mirziyoyev Namanganda ges kaskadi va ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlab berdI“. Qaraldi: 27-sentabr 2024-yil.
  2. „Kaskadlar qurilishi bo'yicha prezident qarori“. Qaraldi: 15-oktyabr 2024-yil.
  3. „Namanganda GESlar kaskadi qurilishiga start berildi“ (25-mart 2024-yil). Qaraldi: 7-oktyabr 2024-yil.
  4. „Namanganda GESlar kaskadi qurilishiga start berildi“ (25-mart 2024-yil). Qaraldi: 7-oktyabr 2024-yil.
  5. „Namanganda GESlar kaskadi qurilishiga start berildi“ (15-may 2024-yil). Qaraldi: 7-oktyabr 2024-yil.
  6. „Geslar tashkil qilinishi va ularning tarkibi“. Qaraldi: 7-oktyabr 2024-yil.
  7. „Namangandagi generatsiya quvvati“ (25-mart 2024-yil). Qaraldi: 7-oktyabr 2024-yil.
  8. „Norin GESlar kaskadi qurilishidagi agregatlar“ (26-mart 2024-yil). Qaraldi: 15-oktyabr 2024-yil.
  9. „Loyiha umumiy qiymati va yakunlanishi“ (18-iyul 2024-yil). Qaraldi: 15-oktyabr 2024-yil.