Kontent qismiga oʻtish

Nurota davlat qoʻriqxonasi - Uxum qishlogʻi.

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jizzax viloyatining gʻarbiy qismi (Forish tumani)da, Nurota togʻining shimoliy yon bagʻrida joylashgan qoʻriqxona 1975-yilda tashkil etilgan. Maydoni 17752 ga, shu jumladan, oʻrmonlar bilan qoplangan 2599 ga (2001), dengiz sathidan 530-2100 metr  balandlikda joylashgan.

Hududi tabiat manzaralari va  arxeologik topilmalarga boyligi bilan ham ajralib turadi: qoyatosh (togʻ qoʻyini ovlash) suratlari kabi yodgorliklari bor. Arharlar soni 500 dan koʻproq.

Qoʻriqxonaga yondosh Uxum qishlogʻidagi tosh bitiklar miloddan avvalgi III-II asrlar va milodning I-VIII asrlarida chizilganligi taxmin qilinadi.

Uxum Forish togʻlaridagi eng yirik qishloqlaridan biri boʻlib,  baʼzi maʼlumotlarga koʻra, Oʻrta va Yuqori Uxum qoʻrgʻonlari eng qadimgi turar joylari hisoblanadi. Bozorjoy, Sultoni Miyona va Tabaqdeh qoʻrgʻonlari taxminan 200-yil avval va Hayati poyon, Moʻla, Sirtikon, Mushi Biryon oʻtgan asrning 40-80-yillari oxirida paydo boʻlgan.