O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi
Xalqaro nomi |
Islamic Lyceum |
---|---|
Shiori | Biz maktab uchun emas, balki hayot uchun oʻqiymiz |
Turi | Akademik litsey |
Asos solingan sanasi | 2000- yil |
Rektori | Rashidov Feruz |
Fakultetlar | 3 |
Manzili |
Shayxontohur tumani, Samarqand darvoza 60 |
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi — Toshkent shahridagi akademik litseylardan biri.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akademik litsey 2000-yilda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi, o'rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi markazining 1999-yil 2-apreldagi 224-sonli buyrug'i bilan tashkil etilgan va unga O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi akademik litsey nomi berilgan.
Akademik litsey 2018-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti|O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2018-yil 16-apreldagi ПФ-5416 sonli Farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi "O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo'llab quvvatlash to'g'risida"gi 466-sonli qaroriga] asosan O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi tuzilmasi tarkibiga kiritilib, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi nomi berilgan.
Bugungi kunda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akademik litseyning ichki quvvati 300 o'ringa mo'ljallangan. 25 ta o'quv xonalari, 2 ta kompyuter o'quv xonalari, book cafe va kutubxona to'liq jihozlangan.
Akademik litseyda ta’lim jarayoni bir smenada tashkil etilgan.
Qabul
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoʻnalishlar boʻyicha imtihonlar bir bosqichda oʻtkaziladi:
Imtihonlar yoʻnalishlar boʻyicha quyidagi fanlardan iborat
Aniq fanlar-iqtisod
- Matematika(test)
- Ingliz tili(test)
- IQ(test)
Ijtimoiy-gumanitar fanlar
- Ona tili va adabiyot (test)
- Ingliz tili (test)
- IQ (test)
Xorijiy filologiya
- Ingliz tili (test)
- Ona tili va adabiyot (test)
- IQ (test)