Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbek xalq ijodi yodgorliklari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbek xalq ijodi yodgorliklari
Muallif(lar) Xalq ogʻzaki ijodi
Bezovchi(lar) Shuhrat Mirfayozov
Mamlakat Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i dostonlar
Nashr etilgan sanasi 2022
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Sahifalar soni 503
ISBN 978-9943-5422-2-8

Oʻzbek xalq ijodi yodgorliklari – oʻzbek xalq ogʻzaki badiiy ijodining namunalari asosida nashr etilgan 100 jildli kitob[1][2]. Kitobda oʻzbek xalq ijodiyotining namunalari keltirilgan. Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyida chop etilgan. Adadi 1000 nusxani tashkil etadi. Ofset bosma usulda chop etilgan.

Nashr etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yilda 13-yanvardagi „Alpomish“ dostoni yaratilganining 1000 yilligini nishonlash toʻgʻrisida"gi 17-sonli qarorining 7-basndi hamda 2010-yil 7-oktabrdagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan „2010-2020-yillarga moʻljallangan nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturi“ning 10-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida bajarilayotgan „Oʻzbek xalq ijodi yodgorliklari“ 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik oʻrganish masalalari" nomli fundamental ilmiy loyiha asosida tayyorlandi.

Kitobda oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyotining namunalari mavjud. Jumladan, oʻzbek xalq dostonlari „Alpomish“, „Malika ayyor“, „Kuntugʻmish“, „Avazxon“ kabi dostonlarning xalq orasida tarqalgan turli variantlari alohida-alohida keltirilgan. Xalq ogʻzaki ijodiyotining yirik vakillarining hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar ham berib oʻtilgan. Shuningdek, har bir jild oxirida eski oʻzbek adabiy tilidagi soʻzlarning izohi keltirilgan. Kitobni tayyorlash va sahifalash ishlarida quyidagi ishchi guruh faoliyat olib borgan: Laziz Tangriyev, Habib Abdiyev, Baxtiyor Ollomurodov, Dilmurod Jalilov, Hojiakbar Qobiljonov, Behruz Abdukarimov, Oʻtkir Berdiyorov, Elmurod Doʻstmurodov. Kitobni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti nashrga tavsiya etgan.