Kontent qismiga oʻtish

Olchin qishlogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olchin qishlogʻi – Navoiy viloyati, Navbahor tumanida joylashgan qishloq.

Qadimgi Karmana viloyati Harqon amlokining katta mavzelaridan biri Olchin mavzesi boʻlgan. Uning tarkibiga Qaroq dahasi, Yangi Rabot qishlogʻi, Qorovultepa qishlogʻi, Qarroq qishlogʻi, Katta-qishloq qishlogʻi, Past qishlogʻi, Oʻrta qishlogʻi va Uchtut qishloqlari kirgan[1]. Olchin urugʻ nomi boʻlib, „Majmua-at tavorix“ asarida 92 bovli urugʻining ichida tilga olib oʻtilgan. Bu etnik nom sifatida N.Xanikov, A.Vamberi, A. Xaroshkin asarlarida ham oʻzbek urugʻlaridan birining nomi sifatida qayd etilgan. Toponimistlarning fikricha, Olchin etnonimi „alashin“ soʻzidan kelib chiqqan. „Ала“ ulugʻ, katta, buyuk maʼnosini bildiradi. „Shin“ esa mugʻulcha zon, tunguscha xalq, xakas va tuva tillarida chon, chuvashcha xalq, kishilar, qabila soʻzining maʼnodoshi hisoblanadi. Olchin etnonimining maʼnosi „katta xalq, koʻp kishilar uyushmasi, koʻp miqdordagi qabila“ degan maʼnoni anglatadi. Olchin bir qancha turkiy xalqlar, chunonchi, kichik juz qozoqlari tarkibiga kirgan[2]. Binobarin, Olchin nomli qishloqlar shu urugʻ nomiga qoʻyilgan toponimdir[3].

  1. Населенние пункти Бухарского Емирата (конец ХИХ-нач ХХ в), под ред. А. Мухаммеджанов.— „Университет“, 2001
  2. S.Qorayev „Geografik nomlar maʼnosi“ – „Oʻzbekiston“, 1978-yil, 91-bet
  3. N.Oxunov „Joy nomlari taʼbiri“ – „Oʻzbekiston“, 1994-yil, 38-39-betlar