Olga Litvinova
Olga Ivanovna Litvinova (1967-yil 2-aprel, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik oʻqituvchi va davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining aʼzosi. Oʻzbekiston Ekologik partiyasining aʼzosi[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olga Litvinova 1967-yil 2-aprel Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati — rus.
1989-yilda Toshkent pedagogika universitetini tugallagan. 1989-yilda 166-maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlay boshlagan.
2003—2004-yillarda 166-sonli oʻrta maktabning direktor oʻrinbosari sifatida ish olib borgan. 2004-yilda ushbu maktab direktori etib tayinlandi[2].
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-yilda Olga Litvinova „Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi“ unvoniga sazovor boʻlgan.
2011-yilda u „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan.
2018-yilda Olga Ivanovna navbatdagi „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yosh ustoz“ faxriy unvoniga sazovor boʻlgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Депутаты“ (ruscha). parliament.gov.uz. 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
- ↑ „Искать“. school166.uz. 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
- ↑ „Кандидаты“ (ruscha). elections.uz. 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.